Tesla direktori Ilon Mask butun 2020 yil davomida olgan maosh kulgili – nol dollar!

  •   DiMaX
  •  698
  •  14.08.2021 16:57

Tesla direktori Ilon Mask butun 2020 yil davomida olgan maosh kulgili – nol dollar!

Yetakchi elektromobilsoz – Tesla asoschisi va bosh direktori Ilon Mask hozirda sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biridir. Lekin, mashinasoz kompaniyaning ma’lum qilishicha, uning rahbari o‘tgan yili bu lavozimidan olgan maosh rasman nol dollarga teng!

O‘QING: Tesla Model X haqiqiy tank bilan kuch sinashdi! («Jonli» video)

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: 2019 yili Mask ushbu kompaniyasidan olgan maosh 23 760 dollarga teng bo‘lgan. Tesla’dan ta’kidlashlaricha, unda har bir xodimning ish haqi bevosita uning jamoadagi rolidan, mehnat samaradorligidan va bozordagi raqobatbardoshlikdan kelib chiqib belgilanadi. 2019 yilning may oyidan Maskning shaxsiy iltimosiga ko‘ra, Tesla unga maosh ajratishni to‘xtatgan.

Ammo maosh olmasa-da, Ilon Mask baribir Tesla’dan yaxshigina daromad ko‘radi – uning asosiy qismini esa aksiyalar paketi tashkil etadi. Shunday qilib, garchi rasmiy okladi bo‘lmasa-da, u dunyodagi eng yuqori haq olayotgan direktorlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda Ilon Maskning sarmoyasi $187,2 milliardga baholanmoqda. Boyligi bo‘yicha undan faqatgina Jeff Bezos yuqori – yaqinda o‘zi asos solgan Amazon bosh direktorligini tark etgach, uning boyligi rekord darajada o‘sgan.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!