Tesla elektromobiliga so‘kina ko‘rmang – buni buyruq o‘rnida qabul qiladi!

  •   DiMaX
  •  913
  •  15.04.2021 17:08

Tesla elektromobiliga so‘kina ko‘rmang – buni buyruq o‘rnida qabul qiladi!

Sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Mask yaqinda rasman o‘ziga «texnoqirol» unvonini bergan edi. Kuni kecha esa u o‘zini «Mars Imperatori» deb e’lon qildi! Umuman, bu muhandis nafaqat o‘z kompaniyalarining yutuqlari, balki g‘alati qiliqlari bilan ham mashhur.

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Ilon Mask yana bir antiqa ishga qo‘l urdi – Tesla elektromobillarining ovozli buyruqlari qatoriga so‘kinish so‘zini qo‘shdi, deb yozmoqda UZZOOM.

Umuman olganda, ushbu kompaniya elektrokarlarida hazil buyruqlar tez-tez paydo bo‘lib turadi. Yaqinda avtoulov egalari yangi – «Open butthole» va «Close butthole» ovozli buyruqlari paydo bo‘lgani haqida bilib olishdi.

«Open butthole» zaryadlash portini ochadi va shuningdek, bardachok bo‘linmasini ham ochishi mumkin. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, xuddi shu buyruq ba’zida bagaj eshigini ham ochadi, shuning uchun uni yo‘lda sinab ko‘rmagan ma’qul.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!