Tesla elektromobillar uchun uy zaryadlash blokini taqdim etdi

Tesla elektromobillar uchun uy zaryadlash blokini taqdim etdi

Tesla elektromobillar uchun uy zaryadlash blokini taqdim etib, elektromobillarning aksessuarlari assortimentini kengaytirdi.

Level 2 deb nomlangan quvvatlagich standart J1772 ulagichi bilan jihozlangan bo‘lib, u Tesla emas, balki bozordagi boshqa elektromobillarni quvvatlash uchun mo‘ljallangan. 

Tesla'ning takidlashicha, ushbu quvvatlagichdan ham ichki binoda, ham tashqarida foydalanish mumkin. Level 2 bu - Gen 2'ning qayta ishlab chiqilgan versiyasi bo‘lib, u Gen 3'ning zaryadlash funksiyasilarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Misol uchun, unda Wi-Fi mavjud emas. Quvvatlagichning narxi 415 dollar bo‘lib, uning maksimal zaryadlash kuchi 9.6 kVtni tashkil qiladi. 

O‘QING: Tesla Model 3 va Model Y bir oy ichida ikkinchi marta qimmatlashdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!