Tesla eng arzon va to‘liq avtonom elektromobilini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1677
  •  23.09.2020 17:31

Tesla eng arzon va to‘liq avtonom elektromobilini e’lon qildi!

Elektrokarlar olamida yetakchi bo‘lgan Tesla kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotlariga bag‘ishlangan Tesla Battery Day tadbirini o‘tkazdi. Unda elektrokarlarga mo‘ljallangan hamyonbop, lekin quvvatli akkumulyator taqdim etilganidan tashqari, yana bir yangilik aytildi.

O‘QING: Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)

Kompaniya rahbari Ilon Mask ma’lum qilishicha, ular hozirda o‘ta arzon elektrokar ustida ishlashmoqda. «Tesla 25 000 dollarlik raqobatbardosh elektromobil ishlab chiqaradi, shuningdek, u butkul avtonom ham bo‘ladi», deydi biznesmen.

Umuman olganda, bu xususda anchadan beri mish-mishlar tarqalgan, biroq ularda asosan Xitoy bozori ko‘zda tutilib kelayotgandi. U yerdagi Tesla zavodi keyingi paytlarda ancha sermahsul, savdosi ham o‘sib bormoqda. Shu boisdan, arzon elektrokarni birinchi navbatda Osiyo hududi uchun taqdim etish mantiqan to‘g‘ri ham

Biroq Tesla Battery Day marosimidagi anonsga qaraganda, arzon elektromobil butun dunyo bozoriga mo‘ljllangan. Har holda, uni Xitoy va AQShda sotishlari aniq. Kompaniya bu yangi modelini 2023 yili savdoga chiqarishni rejalashtirmoqda.

O‘QING: Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!