Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  2365
  •  25.09.2020 18:47

Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Kuni kecha Tesla Battery Day 2020 tadbirida kompaniya eng arzon elektromobilining anonsini bergan edi. Shuningdek, Tesla o‘zining flagmani – Model S sedanining kuchaytirilgan, ya’ni uch motorli versiyasini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

Kompaniya rahbari Ilon Mask so‘zlariga qaraganda, Model S Plaid elektrokarining maksimal tezligi 321 km/soatni tashkil etadi. Akkumulyatorining to‘la quvvati bilan u 836 kilometr yo‘l bosa oladi.

Tesla bayonotiga ko‘ra, yangi elektrokar o‘z tezligi bo‘yicha hamda turgan joyidan 100 km/soatgacha tezlanishi bo‘yicha kompaniya mahsulotlari orasida rekord ko‘rsatkichga ega. Buni amalda isbotlash uchun, mashinani poyga trassasida sinab, videosini e’lon qilishdi:

Shimoliy Kaliforniyada joylashgan WeatherTech Raceway Laguna Seca poyga trassasida olib borilgan sinovda bir davra aylanish uchun Model S Plaid elektromobiliga 90 soniya kifoya qildi. Ya’ni, u seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi avtomobillar orasida eng tezkorlaridan biri ekanini isbotladi.

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, elektrik sedan McLaren P1 superkaridan tezkor chiqdi, yangi McLaren Senna modelidan esa atigi uch soniyaga ortda qoldi. Biroq bu ikki mashinaning narxi dollarda yetti xonali sonni tashkil etadi, Tesla rekordchi elektromobili esa ulardan ancha arzon. Bazaviy modifikatsiyadagi Model S Plaid narxi «atigi» 134 490 AQSh dollariga teng.

O‘QING: Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!