Tesla flagman xetchbeki bir haftada naq 5500 dollarga arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  764
  •  17.10.2020 10:09

Tesla flagman xetchbeki bir haftada naq 5500 dollarga arzonlashdi!

Ilon Mask tashkil etgan mashinasoz kompaniya yaqindgina o‘z rekordini yangilagan edi. Endi esa u Model S elektromobilining narxini bir haftada ketma-ket ikki marta tushirdi!

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

O‘tgan haftaning oxirida Model S elektrokari 3000 dollarga arzonlashtirilib, 71 990 dollarlik narxda sotila boshlagan edi. Biroq 15 oktyabr kuni Ilon Mask o‘zining Twitter-akkaunti orqali uning narxi yanada pasaytirilganligini e’lon qildi.

Tesla Model S xetchbekining bazaviy konfiguratsiyadagi varianti uchun kompaniya endi 69 420 dollar so‘raydi. Ya’ni, ikkinchi arzonlatuvda uning narxini yana 2500 dollar tushirishgan – bir haftada jami 5500 dollar!

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Xo‘sh, Tesla ko‘rsatayotgan bunaqa saxovatning siri nimada, deb o‘ylaysiz: narxning xaridorga arzon ko‘rinishi yirik son – 70 000 dollardan pastroq bo‘lishidami?

Unchalik emas, gap raqobatda: mahalliy bozorda unga jiddiy raqib – Lucid Motors kompaniyasi paydo bo‘lgan. Uning Lucid Air elektromobili yaqinda barcha Tesla elektrokarlari rekordlarini bir pul qilgan edi.

Xullasi kalom, yangi avtomobilsoz kuni kecha shu Lucid Air elektrik sedanining narxini e’lon qildi – federal chegirmalarni hisobga olganda 69 900 dollar ekan. Ilon Mask esa o‘zining flagman xetchbeki – Model S undan salgina bo‘lsayam arzonligi bilan xaridorlarni jalb etishini ko‘zlamoqda.

O‘QING: Tesla «damini olsin!» – Mercedes-Benz rekordchi elektromobilni e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!