Tesla gumanoid robot ustida ishlayotganda, “Xitoycha Tesla“ robot otini namoyish etdi

Tesla gumanoid robot ustida ishlayotganda, “Xitoycha Tesla“ robot otini namoyish etdi

Kecha Xitoyning Xpeng Motors kompaniyasi sirli yangi mahsulotning tizer tasvirini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Xpeng kompaniyasi robot otni yaratgan. Ishlab chiqaruvchilar qurilmani “minish mumkin bo‘lgan dunyodagi birinchi aqlli robot ot“ deb ta’riflashdi.

O‘QING: Xiaomi ilk robot-itini chiqardi: 1500 dollarlik CyberDog salto ota oladi! («jonli» video)

Xpeng o‘z postida aqlli robot to‘rt oyoqli robotning arxitekturasiga asoslanib yaratilganligi hamda u atrof-muhitni idrok eta olishini ta’kidladi. Robotni yaratishda dizaynerlar bitta tasviridan ilhomlangan. Shuningdek, avtoulovlarda ishlatiladigan aqlli boshqaruv tizim ham ushbu robotda mavjud.

Robot kattalarga qaraganda ko‘proq bolalar uchun mo‘ljallangan, lekin uni yuk tashish uchun ham ishlatish mumkin. Buning uchun hatto robotning orqa tomonida kichik quti ham bor. Intellektual tizim robotning o‘zini o‘zi zaryadlashini ta’minlaydi. Robotning quvvati kamayganda, u zaryadlash stansiyasini o‘zi topib boradi.

Robotning narxi va uning qachon sotuvga chiqishi hozircha noma’lum.

O‘QING: O‘zbekistonda qo‘riqchi-robotlar paydo bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!