Tesla hali ishlab chiqarilmagan elektrokarlarini ham allaqachon sotib tugatdi!

  •   DiMaX
  •  358
  •  11.05.2021 12:19

Tesla hali ishlab chiqarilmagan elektrokarlarini ham allaqachon sotib tugatdi!

Electrek resursining yozishicha, Tesla elektromobillari ayni paytda juda talabgir. Kompaniya joriy yilning yarmigacha, ya’ni – yana ikki oygacha ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mashinalarning barchasi uchun allaqachon oldindan buyurtma olib qo‘ygan.

O‘QING: Tesla’ni tark etgan dizayner Cybertruck elektropikapining «maxfiy» interfeysini videoda ko‘rsatdi

2021 yilning birinchi kvartalidagi Tesla darmadlariga bag‘ishlangan telefon konferensiyasida bosh direktor Ilon Mask kompaniyaning elektrik mashinalariga talab yuqori ekanini tasdiqlagan. Birinchi chorakdagi yutuqlarini aytib o‘tgach, u elektromobillarga talab ikkinchi kvartalda yanada oshganini ta’kidlagan.

Joriy yilning birinchi choragida Tesla jami 180 338 dona elektromobil sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkinchi kvartalda esa bu ko‘rsatkich rekord darajaga yetishi kutilmoqda.

Tesla hozirgacha Model S, Model 3, Model X, Model Y rusumlardagi mashinalarini bozorga taqdim etgan. Lekin barchasidan arzon bo‘lishi kutilayotgan Model 2 yoki Model H elektromobilini 2022 yildayoq ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

Ilon Mask kompaniyasi uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin savdosini boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

O‘QING: Ilon Mask ruhiy kasallikka chalinganligini e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.