Tesla hali sotuvga chiqarmagan elektromobil yo‘lda «qo‘lga tushdi» («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  907
  •  09.03.2021 16:53

Tesla hali sotuvga chiqarmagan elektromobil yo‘lda «qo‘lga tushdi» («jonli» video)

Elektrokarlar olamining yetakchisi uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin savdosini boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Semi elektromobilini Tesla ancha oldin – 2017 yilning oxirida taqdim qilgan, ammo uning seriyali tarzda ishlab chiqarilishi 2021 yilning iyulidagina boshlanishi kutilmoqda. Ilon Mask ushbu kechikishni akkumulyatorlar yetishmasligi bilan izohlagan.

Kuni kecha Kris Nguyen ismli havaskor o‘z droni yordamida Tesla Semi elektrik yuk avtomobilini suratga olishga erishgan. Mashina kompaniya zavodining sinov poligoni hududidagi poyga yo‘lagida ketayotgan bo‘lgan:

Aytish kerakki, Semi modeliga taqdimot kunining o‘zidayoq uch yuzdan ortiq oldindan buyurtma olingan. Unga talabgorlar orasida Walmart, United Parcel Service hamda PepsiCo kabi nufuzli kompaniyalar bor.

Tesla hozirgacha Model S, Model 3, Model X, Model Y rusumlardagi mashinalarini bozorga taqdim etgan. Lekin barchasidan arzon bo‘lishi kutilayotgan Model 2 yoki Model H elektromobilini 2022 yildayoq ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

O‘QING: Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!