Tesla harakatlanayotgan Semi elektrokarining ilk videosini chiqardi

  •   DiMaX
  •  469
  •  15.03.2021 14:01

Tesla harakatlanayotgan Semi elektrokarining ilk videosini chiqardi

Elektromobillar bozorining lideri uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin hali sota boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir. Bular ortidan...

O‘QING: Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

O‘tgan haftada biz Tesla Semi elektrik yuk avtomobilining havaskorlar tomonidan dron yordamida suratga olingan videosini e’lon qilgan edik. Endi esa Tesla kompaniyasining o‘zi ushbu mahsulotining harakat jarayonidagi birinchi videolavhasini chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, Semi modeliga taqdimot kunining o‘zidayoq uch yuzdan ortiq oldindan buyurtma olingan. Unga talabgorlar orasida Walmart, United Parcel Service hamda PepsiCo kabi nufuzli kompaniyalar bor.

Ilon Maskning ushbu kompaniyasi hozirgacha Model S, Model 3, Model X, Model Y rusumlardagi mashinalarini bozorga taqdim etgan. Lekin barchasidan arzon bo‘lishi kutilayotgan Model 2 yoki Model H elektromobilini 2022 yildayoq ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!