Tesla jarimaga tortildi

Tesla jarimaga tortildi

Tesla yangi yilni ajoyib tarzda boshlamoqda - 2023 yilni kompaniya eng katta sotuvlarni e’lon qilish bilan boshlandi. Ammo muammolar ham yo‘q emas. Reklama qonunchiligini buzgani uchun Janubiy Koreyaning monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi kompaniyanining 2.2 million dollar jarima to‘lashi kerakligini aytmoqda. 

Koreya Adolatli Savdo Komissiyasi (KASK) Tesla 2019 yil avgust oyidan buyon Janubiy Koreyadagi rasmiy veb-saytida Tesla elektromobillarining qancha masofa bosib o‘tishi hamda Tesla quvvlash stansiyasi qurilmalarning unumdorligi haqida iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot berayotganini e’lon qildi. 

KASK bergan ma’lumotlarga ko‘ra, suvuq havoda Tesla avtomobillarining to‘liq quvvat bilan qancha masofa bosib o‘tishi reklama qilinganidan 50.5% kamroq bo‘lib chiqqan. 

Tesla o‘z veb-saytida elektromobillarni qishda qanday haydash bo‘yicha tavsiyalar beradi, masalan, avtomobilni haydash uchun tayyorlayotganda uni tashqi quvvat manbalariga ulash va energiya sarfini kuzatish uchun yangilangan Energy ilovasidan foydalanish. Biroq, veb-sayt noldan past haroratda elektromobillarning harakatlanish masofasi qisqarishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Shunday qilib, Janubiy Koreya Adolatli Savdo Komissiyasi Tesla aldamchi reklama bilan shug‘ullangani hamda elektromobilning qancha masofani bosib o‘tishi va zaryadlanish tezligini bo‘rttirib ko‘rsatganini davo qilmoqda. Tekshiruv o‘tgan yilning fevral oyida boshlangan, natijada Tesla o‘z veb-saytining koreyscha versiyasini o‘zgartirgan edi.

Janubiy Koreya Transport vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra, Tesla 2015 yilda mahalliy ofisini ochganidan buyon mamlakatda 45 812 ta elektromobil sotgan. Bu bilan Tesla Janubiy Koreyadagi bozor ulushini 13 foizga yetkazib olgan.

O‘QING: Nega elektromobillarda uzatmalar qutisi bo‘lmaydi?