Tesla mobil ilovasida katta yangilanish: ko‘plab yangi funksiyalar va yangilangan interfeys

Tesla mobil ilovasida katta yangilanish: ko‘plab yangi funksiyalar va yangilangan interfeys

Tesla shu nomdagi mobil ilovaning yangilangan versiyasini chiqardi. Tesla 4.0 versiyasining interfeysi sezilarli darajada o‘zgardi va unga ko‘plab yangi funksiyalar qo‘shildi.

O‘QING: Tesla Model X haqiqiy tank bilan kuch sinashdi! («Jonli» video)

Tesla mobil ilovasi Tesla avtomobillarining ba’zi funksiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfondan boshqarishga imkon beradi, masalan, qulfni ochish, iqlim nazorati. Ushbu yangilanish ilova tarixidagi eng katta yangilanish hisoblanadi.

Ilovaning interfeysi bir nechta Tesla mahsulotlariga ega bo‘lganlar uchun qulaylashtirildi. Asosiy yangiliklar qatorida, ishlab chiquvchilar Tesla avtomobillari va energetika mahsulotlarining yangilangan bosh sahifasi, mashinani “chaqirish“ funksiyasi, smartfonni kalit sifatida ishlatishning takomillashgani, mashinani ochish paytida “tezkor“ buyruqlarni yuborish kabi funksiyalarni ko‘rsatmoqdalar.

Yangilangan Tesla ilovasini Android va iOS operatsion tizimlari uchun Google Play hamda App Store platformalaridan ko‘chirib olish mumkin.

O‘QING: Tesla direktori Ilon Mask butun 2020 yil davomida olgan maosh kulgili – nol dollar!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!