Tesla Model 3 va Model Y bir oy ichida ikkinchi marta qimmatlashdi

Tesla Model 3 va Model Y bir oy ichida ikkinchi marta qimmatlashdi

Tesla bir necha hafta oldin AQShda o‘zining eng ko‘p sotilgan Model 3 va Model Y avtomobillarining narxini oshirgan edi, endi esa kompaniya yana bir bor ularning narxlarni oshirmoqda. Kompaniya bazaviy versiyasidagi Model 3 hamda Model Y mashinalarining narxini naq 2000 dollarga oshirdi. 

Shunday qilib, Model 3 Standard Range Plus narxi 42,000 dollardan 44,000 dollargacha ko‘tarildi. Qizig‘i shundaki, Tesla Model 3 mashinasini sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlar uni 2022 yilning sentyabr oyida olishadi. Biroq, xaridorlar standart g‘ildiraklar o‘rniga kattaroq g‘ildiraklarni tanlashsa, kutish muddatini bir necha oyga qisqartirishlari mumkin. 

Tesla Model Y Long Range Dual Motor esa 55,000 dollardan 57,000 dollarga qimmatlashdi. Ushbu krossoverni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlar, avtomobilni chiqishini kelasi yilning avgust oyigacha kutishlari kerak bo‘ladi. 

O‘QING: Tesla mobil ilovasida katta yangilanish: ko‘plab yangi funksiyalar va yangilangan interfeys 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.