Tesla Model Pi? Ilon Mask o'z telefonini qachon chiqarishini aytdi!

Tesla Model Pi? Ilon Mask o'z telefonini qachon chiqarishini aytdi!

Amerikalik siyosiy sharhlovchi, muallif va podkast boshlovchisi Elizabet Uiler Twitter'da Ilon Maskni belgilagan holda shunday tvit qoldirdi:

"Agar Apple va Google Twitter'ni o'z ilovalar do'konlaridan "tepib yuborishsa", Ilon Mask o'z smartfonini ishlab chiqarishi kerak. Mamlakatning yarmi "quloq" iPhone va Android'dan xursandchilik bilan voz kechishar edi. Marsga raketalar quruvchi odam uchun kichkina smartfon hech nima bo'lmasa kerak, to'g'rimi?"

Tesla, SpaceX kompaniyalari va endilikda Twitter ijtimoiy tarmog'i rahbari, milliarder Ilon Mask ushbu tvitga shunday javob berdi:

"Albatta, bunday bo'lmaydi deb umid qilaman, lekin, ha, agar boshqa tanlov bo'lmasa, men muqobil telefon yarataman."

Ta'kidlash joizki, Ilon Mask bundan avval ham Tesla telefoni yoxud Model Pi nomli smartfon ishlab chiqarishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

O'QING: Honor o‘zining yangi Magic VS buklamafonini taqdim qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!