Tesla Model X haqiqiy tank bilan kuch sinashdi! («Jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1637
  •  07.08.2021 17:04

Tesla Model X haqiqiy tank bilan kuch sinashdi! («Jonli» video)

Dobre Cars nomli YouTube-kanalda o‘ta g‘ayrioddiy bellashuv videosi e’lon qilindi. Unda Tesla Model X elektrokrossoveri Scorpion rusumli tank bilan raqobatga kirishgan!

O‘QING: Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

Scorpion («Chayon») bu – Buyuk Britaniya o‘tgan asrning 70-yillarida chiqargan yengil razvedka tanki bo‘lib, unga 4,2 litrlik 6 silindrli, suyuqlik bilan sovitiluvchi dvigatel o‘rnatilgan. Tesla Model X esa o‘z toifasida eng qudratli va tezkor elektrokar, umuman jahon bozorida eng tezkor krossoverlardan biridir.

Drag-reysing, ya’ni qisqa masofada poyga bo‘yicha Scorpion zamonaviy Tesla elektromobiliga bas kela olmasligi aniq edi. Ammo bellashuvning ikkinchi bosqichi – arqon tortish bahsida uning qo‘li baland bo‘ldi.

Bunda oddiy arqon tezda uzilib ketgan, keyin raqobatchilar olishuvni po‘lat tros orqali davom ettirishgan. Tesla Model X boshida tankni o‘rnidan sal qo‘zg‘ata olgan, ammo vaznidagi farq (tank 8 tonna, elektrokar esa – 2,4 tonna) hamda «Chayon»ning yo‘l bilan tishlashish maydoni kattaligi o‘z kuchini ko‘rsatgan.

O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!