Tesla rahbari bir haftada 15 milliard dollarga boyidi

  •   DiMaX
  •  568
  •  24.08.2020 15:50

Tesla rahbari bir haftada 15 milliard dollarga boyidi

O‘tgan haftadagi o‘n nafar eng muvaffaqiyatli milliarderning umumiy boyligi 53,4 milliard dollarga ko‘paydi. Kapitalining eng katta o‘sishini SpaceX hamda Tesla kompaniyalari muassisi Ilon Mask namoyish qilgan, deb yozadi Kun.Uz nashri.

O‘QING: Louis Vuitton rahbaridan o‘zib ketgan Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi

Forbes’ning yozishicha, 21 avgust, juma kuni yakunlangan savdo haftasida Tesla aksiyalari narxi 24 foizdan ko‘proqqa oshgan. Buning ortida Maskning kapitali ham 15 milliard dollarga ortgan.

Bundan tashqari, Mask yakunlangan haftada eng boy odamlarning yetakchi to‘rtligiga kira oldi. Bu Tesla aksiyalari narxi oshishi natijasida tadbirkorning kapitali bir kun ichida 7 milliard dollarga oshgandan keyin yuz bergan.

Milliarderlardan bir hafta ichida boyligi eng ko‘p o‘sgan 2-raqamli inson Quicken Loans ipoteka banki egasi Deniel Gilbert bo‘ldi. Uning boyligi 13 milliard dollarga ko‘paygan. Buning evaziga Gilbert Forbes ro‘yxatida 20-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Nashrning ta’kidlashicha, kapitali bir hafta ichida eng ko‘p miqdorda o‘sgan milliarderlarning barchasi bunga texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi oshayotgani evaziga erishgan. Jumladan, bu borada 3-o‘rinni Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos egallagan. Uning kapitali bir hafta ichida 7,6 milliard dollarga ko‘paygan.

O‘QING: Starlink «fazoviy» internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!