Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  1831
  •  18.02.2021 10:42

Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

Elektrik avtomobillar bo‘yicha yetakchi kompaniya hozirda Model S, Model 3, Model X, Model Y rusumlardgi mashinalarini bozorga taqdim etgan. Bulardan tashqari Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasi namoyish etilgan bo‘lsa-da, hozircha sotuvga chiqmagan.

O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

Ilon Mask kompaniyasi bulardan tashqari yana bitta – o‘zining eng arzon elektrokarini tayyorlamoqda. Weibo ijtimoiy tarmog‘iga insayderlar Shanxaydagi zavod – Tesla Gigafactory 3’ga tegishli ayrim hujjatlarni e’lon qilishdi. Undan ma’lum bo‘lishicha, amerikalik mashinasoz ushbu yangi elektromobilini 2022 yildayoq ommaviy ishlab chiqara boshlaydi.

Internetga esa ushbu elektrik avtomobilning insayderlik ma’lumotlari asosida tayyorlangan sifatli render suratlari chiqdi.

Elektrik sedan ko‘rinishidagi bu konsept-renderlarni braziliyalik dizayner Kleber Silva (Kleber Silva) ishlab chiqqan. Tabiiyki, ular taxminiydir – Tesla yangi arzon elektromobilini bundan boshqacharoq ko‘rinishda chiqarishi mumkin.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Kompaniyaning oshkor etilgan hisobotlarida aytilishicha, bu mashina uchun 160 000 yundan to 200 000 yuangacha miqdorda narx belgilanadi. Bu esa taxminan 25 000 – 30 000 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi, ya’ni yangi elektromobil Model 3’dan arzonroqdir. Ushbu avtomobil dastlab Xitoyda, keyin esa Yevropa, AQSh va boshqa hududlarda sotuvga chiqadi.

Ishlab chiqaruvchi ushbu elektrokarini qanday nomlashi ham, uning texnik xususiyatlari ham hozircha aniq emas. Taxminlarga ko‘ra, bu Tesla Model H yoki Model 2 rusumli elektromobil bo‘ladi.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!