«Tesla texnoqiroli» – Ilon Mask endi o‘zini «Mars Imperatori» deb e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  656
  •  14.04.2021 14:13

«Tesla texnoqiroli» – Ilon Mask endi o‘zini «Mars Imperatori» deb e’lon qildi!

Sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Mask yaqinda rasman o‘ziga «texnoqirol» unvonini bergan edi. Hujjatda aytilishicha, Tesla moliya direktori Zak Kirxorn ham antiqa tayinlovdan benasib qolmagan – u Master of Coin («Tanga ustasi») g‘ayrioddiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

O‘QING: Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)

Oradan bir oy ham vaqt o‘tmasidan, Ilon Mask kamtarlikni butkul yig‘ishtirib qo‘yib, o‘ziga yana bitta ulug‘vor unvon tayinladi. Bu gal u maydalashib o‘tirmadi – biryo‘la «Mars Imperatori» bo‘lib qo‘yaqoldi!

Twitter profilidagi tavsif oxiriga qo‘yilgan – ko‘z qisib turgan emodzi buning hazil ekanligini bildiradi, albatta. Shunga qaramasdan, har bir hazil ostida bir chimdim haqiqat ham yotishiga ushbu holat misolida guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, garchi keyingi paytlarda raketalarining prototiplari muvaffaqiyatsizliklarga duch kelayotgan esa-da, mazkur muhandis asos solgan SpaceX kompaniyasi hozirda Qizil sayyorani zabt etish yo‘nalishida yetakchidir.

Ilon Mask bu kompaniyaning Starship kosmik kemasi bortida ekipaji bilan Mars sathiga qo‘nish vaqtini hamda shu sayyorada dafn etilish istagini aytgan edi. Shuningdek, bu tadbirkor xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

O‘QING: UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?