Tesla to‘laqonli avtopiloti elektromobilni haydagan videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  743
  •  27.10.2020 15:42

Tesla to‘laqonli avtopiloti elektromobilni haydagan videosi chiqdi

O‘tgan hafta Tesla kompaniyasi o‘zining to‘laqonli avtopilot dasturini beta-testerlarga tarqatgan edi. Uning funksiyalari hozircha ayrim elektrokarlar egalarigagina taqdim etilgan.

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Beta-sinovchilardan biri Tesla avtopilotining qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videorolik e’lon qildi. Sinovchining aytib o‘tishicha, mazkur safar rafiqasining odatiy yo‘nalishi bo‘yicha kechadi hamda avtomagistraldan, shahar ko‘chalari va murakkab chorrahalardan ham o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya rahbari Ilon Mask joriy yilning uchinchi choragini Tesla tarixidagi eng yaxshisi, deb atagan. Zero, avtomobilsoz ayni mana shu davrda uning daromadi 39 foizga o‘sgan va rekord darajadagi 8,77 milliard dollarni tashkil etgan.

O‘QING: Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)