Tesla’ni tark etgan dizayner Cybertruck elektropikapining «maxfiy» interfeysini videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  808
  •  03.05.2021 12:55

Tesla’ni tark etgan dizayner Cybertruck elektropikapining «maxfiy» interfeysini videoda ko‘rsatdi

Pavel Petrika (Pawel Pietryka) yaqinda elektromobillar olamining yetakchisi bo‘lmish kompaniyadan ishdan bo‘shadi. Bu dizayner uzoq muddat Tesla foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

O‘QING: Tesla avtopiloti kamikadzelik qilib, salondagi ikki kishini ham yondirib o‘ldirdi

Tesla’ni tark etgach, Pavel Petrika o‘zining yangi kompaniyasi saytida portfolio – qilgan ishlaridan namuna sifatida elektrokarlar uchun yaratilgan dizaynlarni e’lon qildi. Ularning aksariyati Tesla avtomobillari va boshqa mahsulotlarida tatbiq etilgan, ammo oldin e’lon qilinmagan suratlar ham bor.

Shunday «maxfiy» materiallardan Cybertruck futuristik elektrik pikapining foydalanuvchi interfeysi dizayni bo‘ldi. Petrika e’lon qilgan qisqa videoda ushbu interfeys tezkorlikda, ammo yaxshi sifat bilan va batafsil namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask kompaniyasi uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin savdosini boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

O‘QING: Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!