Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  1694
  •  01.08.2020 16:37

Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

Consumer Electronic Show (CES 2020) ko‘rgazmasida taniqli yapon kompaniyasi o‘zining ilk elektromobili – Sony Vision-S modelini taqdim etgan edi. Smartfonlar bozorida uncha ishi yurishmayotgan kompaniya endi shu yangi yo‘nalishda ham o‘zini sinab ko‘rishga jiddiy kirishayotgan ko‘rinadi.

O‘QING: Toshkentda elektrokarlar taksi sifatida xizmat qiladi!

Xususan, Sony o‘zining Vison-S elektrokarini ommaviy yo‘llarda sinab ko‘ra boshlaganini e’lon qildi. Kompaniya bu haqda e’lon qilgan rasmiy videorolik ostida quyidagi matnni yozgan: «[Vision-S] bizning sensorli va audiotexnologiyalarimizni yanada rivojlantirish uchun Tokioga yetib keldi. Prototip ayni damda joriy moliyaviy yilda umumiy foydalaniluvchi yo‘llardagi sinovlarga tayyorgarlik bosqichidadir».

Umuman olganda, Sony’ning niyati jiddiy: mazkur elektromobili bilan u mashhur Tesla kompaniyasining asosiy raqibiga aylanishi ham mumkin. Axir, elektrokar yaratgani haqida jar solib, keyin ko‘rinmay ketadigan turli startaplardan ko‘ra unda barcha resurslar yetarli: bilim, tajriba, iqtisodiyot...

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Vision-S elektromobiliga qaytadigan bo‘lsak, uning old va orqa o‘qlariga ikkita – har biri 270 ot kuchiga ega bo‘lgan elektrodvigatel o‘rnatilgan. Mashina turgan joyidan 100 km/soatlik tezlikka 4,8 soniyada chiqa oladi, maksimal tezligi esa 240 km/soatni tashkil etadi.

Sony Vision-S elektromobilining ichki va tashqi tomonlarida 33 ta turli datchik mavjud. Shuningdek, elektrokar bir nechta displey, kuchli ovoz yangratish tizimi hamda uzluksiz internet bog‘lamasi bilan ta’minlangan. Uning ayrim butlovchi qismlarini kompaniyaning NVIDIA, BlackBerry, Bosch va Qualcomm kabi hamkorlari taqdim etishgan.

CES 2020 tadbiridagi namoyish paytida Vision-S modelida ikkinchi darajadagi avtopilot bor edi. lekin ommaviy ishlab chiqarish pallasigcha bu sohada ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!