Tesla'ning Semi yuk tashuvchi mashinalari katta yo'lga chiqmoqda

Tesla'ning Semi yuk tashuvchi mashinalari katta yo'lga chiqmoqda

Ilon Mask o'zining Twitter sahifasida xabar berishicha, Tesla'ning uzoq kutilgan elektromobillaridan biri, Semi yuk tashuvchisini ishlab chiqarish boshlandi va ular 1-dekabrda Pepsi kompaniyasiga yetkazib beriladi - taniqli ichimlik kompaniyasi 5 yil avval, 2017-yil dekabr oyida (Semi ilk marotaba taqdim qilinganidan 1 oy o'tib) unga 100 ta buyurtma bergan edi.

Tesla'ning ta'kidlashicha, Semi elektromobillari uchta motorlarga ega va ular yuk bilan to'lganda ham 20 soniyada 100km/s tezlikka chiqa oladi, hatto yuqorilagan yo'llarda ham katta yo'l darajasidagi yuqori tezlikni saqlab qola oladi. Shuningdek, siz Semi quvvatlagichlari yordamida elektromobilni 70 foizgacha atigi 30 minutda quvvatlab olishingiz mumkin. To'liq quvvat bilan elektromobil 500-800 km gacha yura oladi. Shuningdek, Semi ham Tesla elektromobillari uchun "o'z-o'zini haydash" yoxud "avtopilot" xususiyatiga ega bo'ladi, qisman, ya'ni mashina katta yo'llarda yarim avtonomlikni qo'llab-quvvatlashi mumkin.

O'QING: Tesla transport vositalari bo‘yicha o‘z rekordini qayta yangiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!