Test jarayonida OnePlus 10 Pro ikkiga bo‘linib ketdi (+video)

Test jarayonida OnePlus 10 Pro ikkiga bo‘linib ketdi (+video)

OnePlus 10 Pro smartfoni shu yilning yanvar oyida Xitoy bozori uchun taqdim etilgan edi. Hozircha ushbu model xalqaro bozorda sotuvga chiqmadi. Lekin tez orada ushbu smartfon boshqa mamlakatlarda ham sotuvga chiqishi kutilmoqda. 

Bir necha kun oldin mashhur JerryRigEverything YouTube kanali muallifi Zak ushbu smartfonni o‘zining mustahkamlik testidan o‘takzdi. Dastavval muallif smarfonni turli xil tig‘li asboblar bilan testdan o‘tkaziladi. 

Gorilla Glass Victus shishasi Mohs qattiqlik shkalasi bo‘yicha 6-darajada qirilishni boshladi. 7-darajaga o‘tilganda esa tirnalishlar yanada chuqurlashdi. Smartfonning romi va undagi tugmalar alyuminiydan ishlangan. Garchi qurilmada IP standarti bo‘lmasa-da, SIM-karta uyasida suv kirishini oldini oluvchi maxsus qoplama mavjud. 

Olov bilan ekranni kuydirish testida displey 40 soniya olovda tutib turildi. Ushbu vaqt davomida ekranda sariq dog‘ paydo bo‘ldi. Bukish testiga esa smartfon bardosh bera olmadi. Ushbu jarayonda smartfon o‘rtasidan bo‘linib ketdi. 

O‘QING: Galaxy S22 qanchalik mustahkam? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.