Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  3172
  •  13.07.2020 13:56

Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Umrida bir marta bo‘lsa ham «Tetris» o‘ynab ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak. Bir paytlar bu o‘yin maxsus gadjetda tarqatilgan bo‘lsa, hozir kompyuter va smartfonlarda bor.

O‘QING: Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

Endi esa smartfonda Tetris o‘ynab, mashhurlikka va besh ming dollarlik yutuqqa ega bo‘lish imkoni tug‘ildi. N3TWORK kompaniyasi uning mobil versiyasi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi naq bir million dollarlik musobaqa e’lon qildi!

Mazkur musobaqa AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Shveysariya, Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya, JAR, Rossiya, Chili, Yangi Zelandiya mamlakatlarida, shuningdek, Kanada va Avstraliyaning ayrim hududlarida joriy etilgan. Demak, ayni damda mazkur mamlakatlardan birida bo‘lib turgan hamyurtlarimiz o‘z mahoratlarini sinab ko‘rsalar arziydi.

O‘yinda har kuni g‘oliblar aniqlanib, ularning har biriga besh ming dollardan berishadi, yana Tetris Primetime ko‘rsatuviga taklif etishadi. Yutuqqa ega bo‘lish imkonini qo‘lga kiritish uchun bir qator shartlarni bajarish, masalan – TOP-100, TOP-3 reytingiga kirish kerak bo‘ladi.

Tetris musobaqasida ishtirok etish uchun https://www.tetrismobileapp.com/ havolasi orqali unga a’zo bo‘lish kerak bo‘ladi. O‘yinning o‘zini esa iPhone’larga mazkur havola, Android-smartfonlarga mana bu havola yordamida o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!