Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (1-qism)

Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (1-qism)

Texnologiya olami har doim rivojlanib, takomillashib boradi va biz orzu qilgan kelajak tomon insoniyatni yaqinlashtiradi.

Biroq bu soha hozirgi darajaga qanday erishgan? Aqlli qurilmalar kelajagi qanday bo‘ladi? Facebook'dagi xatolarni aniqlash orqali pul topish mumkinligini bilarmidingiz? «Android» so‘zining asl ma’nosini-chi? Dunyodagi valyutlarning qancha qismi raqamli valyuta ekanidan ham xabardormisiz?

Shu va shunga o‘xshash savollarga quyida va bundan keyingi maqolalarimizda javob beramiz.

Qani, boshladik!

#1 Firefox logotipidagi jonzot aslida tulki emas
Ko‘pchilik bu borada noto‘g‘ri tushunchaga ega. Bunga sabab brauzerning nomi bo‘lsa kerak (ingliz tilida «fox» so‘zi «tulki» ma’nosini beradi). Aslida, bu mashhur yoqimtoy va yungdor jonzot — qizil panda (ularni kichik panda deb ham nomlashadi).

#2 Apple'ning ilk logotipi qanday bo‘lgani xayolingizga ham kelmaydi
Kompaniyaning original logotipida Isaak Nyutonning daraxt tagida o‘tirgani tasviri tushirilgan. Ha, ha, to‘g‘ri taxmin qildingiz — olma daraxti. O‘sha mashhur olma olimning boshiga tushay-tushay deb turgani ko‘rsatilgan.

Bu logptip 1976-yilda yaratilgan va chetiga «Nyuton g‘alati farazlar ummonida har doim yolg‘iz suzib yuruvchi shaxs» deb yozib qo‘yilgan. Apple bir paytlar shunday logotipga ega ekanini tasavvur qilish qiyin.

O‘QING: Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

#3 Google echkilarni ijaraga olib ishlatadi
Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. Maysalarni maxsus uskuna yordamida tekislash o‘rniga Google'dagilar echkilarni haqiqiy bazmga taklif qiladi. Mountain View'dagi shtab-kvartirasidagi bazmga!

Echkilarning egasi 200 ta echkisini Google'ga boshlab keladi. Ularni Jen laqabli kuchuk kutib olib, qayerni tekislash kerakligini ko‘rsatadi!

O‘QING: "Okay, Google: Menga o‘zing haqingda gapirib ber!"

#4 «Robot» so‘zi qora o‘tmishga ega
«Robot» so‘zining etimologiyasiga e’tibor bersangiz, jumla chex tilidagi «robota» so‘zidan olinganini ko‘rasiz. Bu esa «majburiy mehnat» deb tarjima qilinadi.

Robot so‘zi birinchi marta 1920-yilda yaratilgan sahna asarida gumanoid obrazini ta’riflash uchun ishlatilgan.

O‘QING: Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar

#5 Ilk vidoemagnitofon pianino kattaligida bo‘lgan
1956-yilda chiqarilgan birinchi magnitofon hajmi mana shunday katta bo‘lgan! Siz tasavvur qilgandan ko‘ra ancha kattaroq, shunday emasmi?

#6 Samsung Apple'dan 38 yil-u 1 oyga katta
Samsung'ga oziq-ovqat do‘koni sifatida 1938-yil 1-mart sanasida Li Byon Chxol tomonidan asos solingan. Apple asoschilari Stiv Jobs va Stiv Voznyaklar esa Apple Computers Inc. ni 1976-yil 1-aprelda yaratgan.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

#7 Petabayt juda katta sig‘im demakdir
1GB 1024 megabayt ekanligini hammamiz bilamiz. 1 petabayt-chi? 1PB 1024 terabayt (TB) ga teng.

Bu qanchalar katta sig‘im ekanligini tasvvur qilishingiz uchun soddaroq tushuntiramiz. 1PB hajmli qattiq diskka 13.3 yil davomida efirga uzatilgan HD telekanal efiri sig‘adi.

50PB qattiq diskka esa insoniyat yaralganidan beri yozib qo‘ldirgan har qanday, har qaysi tildagi qo‘lyozmalar sig‘adi.

#8 Oldinlari domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bepul bo‘lgan

Odamlar internet bunchalik keng quloch yozishini bilmagan paytlari, ya’ni 1995-yilga qadar domenlarni internetda ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshirilgan.

Ammo to‘lov joriy qilinganda esa, summa o‘ta katta bo‘lgan. 2 yil uchun ro‘yxatdan o‘tish narxi 100 dollar atrofida bo‘lgan.

O‘QING: Internet haqida qiziqarli faktlar

#9 Megabaytlar «vazni» yuzlab kilogramm bo‘lgan

Aniqroq qilib aytsak, 5 megabaytlik qattiq disk naq bir tonna tosh bosgan.

1956-yilda ilk kompyuterda qattiq diskka o‘xshash komponent bo‘lgan. O‘sha davrlarda 5MB xotira sig‘imi borasidagi katta o‘sish bo‘lgan.

#10 50 million auditoriyaga ega bo‘lish uchun radioga 38 yil kerak bo‘lgan

Radioning yaratilishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan deb o‘ylarsiz, biroq uning tinglovchilari soni 50 millionga yetishi uchun 38 yil kerak bo‘lgan.

Qiyos uchun, iPod ushbu ko‘rsatkichga atigi 3 yilda erishgan.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt