Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (4-qism)

Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (4-qism)

Texnologiyaga oid faktlar bilan sizning bilimingizni oshirishda davom etamiz.

#1. Google'ning ilk tviti mantiqsiz edi.

Normal insonlar nazarida Google'ning Twitter'dagi ilk tviti mantiqsiz tuyuladi.

Kompaniyaning tarmoqdagi ilk postida: «I'm 01100110 01100101 01100101 01101100 01101001 01101110 01100111 00100000 01101100 01110101 01100011 01101011 01111001 00001010», deb yozilgan edi. Buni ikkilik tilidan o‘zbekchaga tarjima qilsak, «O‘zimni omadli his qilyapman», degan gap kelib chiqadi.

#2. Ilk mobil telefon Nyu-yorkda yasalgan.

1973-yilda Motorola xodimi Martin Kuper Nyu-york shahrida dunyodagi ilk mobil telefonni yaratgan.

Oradan 19 yil o‘tib esa Nil Papuort tomonidan ilk SMS xabar jo‘natilgan. Keyingi faktimiz shu haqida.

#3. Ilk tijoriy matnli xabar 1992-yilda jo‘natilgan.

1992-yilning 3-dekabrida dasturiy ta’minot arxitektori Sema Group kompyuterdan foydalanib Orbitel 901 qurilmasini ishlatayotgan Vodafone ishchisiga «Rojdestvo muborak» matnini yuborgan.

Hozirda esa kuniga olti milliarddan ortiq matnli xabar jo‘natiladi.

#4. Har oy 6,000 dan ortiq yangi kompyuter viruslari yaratilib, tarqatiladi.

Ushbu ko‘rsatkich 1990-yildan buyon keskin oshgan, o‘sha paytda faqatgina 50 ta ma’lum kompyuter virusi mavjud bo‘lgan. Hozirda esa email’larning 90% ida biror-bir ko‘rinishdagi virus mavjud bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik bundan bexabar.

#5. Facebook'da rasmlardan ko‘ra layklar ko‘proq.

Har yili Facebook'ka 300 milliondan ortiq rasm yuklanadi, biroq kuniga 800 million layk bosiladi.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

#6. Comic Sans dunyodagi eng yoqtirilmaydigan shriftdir.

Comic Sans shrifti aslida komik kitoblar uchun yaratilgan va ko‘rinishidan qo‘lda yozilgan matnga o‘xshab ketadi. Ko‘pchilik bu shriftdan foydalanishni yoqtirmasa–da, Comic Sans miya faoliyatidagi buzilishlar sabab o‘qishga qiynaladigan (disleksik) odamlarga juda qo‘l keladi. Nosimmetrik shakli bois harflarni o‘qish ancha oson kechadi.

#7. NASAdagi internet tezligi 91GB/sekundni tashkil qiladi.

Ko‘pchilikning uyidagi internet tezligi o‘rtacha 25MB/sekund bo‘lsa kerak. Bu YouTube'dan buffer vaqtisiz videolar ko‘rishga yetadi. Biroq NASA internetning bor tezlik imkoniyatlaridan foydalanadi.

#8. Ba’zi odamlar texnologiyalardan qo‘rqishadi.

Odamlarda turli qo‘rquv va fobiyalar bor. Ulardan biri texnologiyalardan qo‘rqishdir. Texnofobiya deb ataluvchi bu fobiyaning kelib chiqishi Sanoat Revolyusiyasiga borib taqaladi. O‘sha davrlarda insonlar dastgoh va uskunalar ularni ishsiz qo‘yishidan qo‘rqishar edi. Bunday qo‘rquv hozirda ham mavjud. Odamlar texnologiya, ayniqsa, sun’iy ong o‘ta rivojlanib ketishidan xavotirda. O‘ylaymizki, bu fobiya sizni bizning qiziqarli faktlarimizni o‘qishdan to‘xtatib qolmaydi!

#9. Eng qimmat telefon raqam millionlab dollarga sotilgan.

2006-yilda Qatar Telecom xayriya auksionini o‘tkazgan va undan 666-6666 raqamini sotuvga qo‘ygan. Raqam anonim qolishni xohlagan shaxs tomonidan 2.75 million dollarga sotib olingan.

#10. Mark Sukerberg ba’zi ranglarni farqlay olmaydi.

Facebook hamasoschisi Mark Sukerberg Facebook logotipini aynan ko‘k rangda tanlaganiga sabab bor. Chunki u daltonizmga chalingan va qizil hamda yashil ranglarni ajrata olmaydi. Sukerbergga eng aniq ko‘rinadigan rang — ko‘k.

O‘QING: PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!