Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (5-qism)

Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (5-qism)

Texnologiyaga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan sizni xursand qilishda davom etamiz. Ushbu sonda ham, an’anaga muvofiq, texnologiya olamining siz bilmagan 10 ta qiziq jihati bilan o‘rtoqlashamiz.

1. Amerikalik juftliklarning 40% i onlayn tanishadi

Oxirgi yillarda, ayniqsa, hozirgi pandemiya davrida, onlayn tanishuv juda ommalashdi. Aftidan, tanishuvning bunday turi ko‘pchilik uchun o‘z juftini topish imkonini ham beradi. Ma’lumotlarga qaraganda, 2017-yilda AQShlik juftliklarning 40% i internet orqali tanishgan. Qiyos uchun, do‘stlar orqali tanishuvlar soni 2017-yilga kelib, 1995-yilga qaraganda 13% ga kamaygan.

2. Facebook kodida xavfsizlik borasidagi xatoni topib kompaniyaga yetkazsangiz, sizni quruq qo‘l bilan qaytarishmaydi

Aniqroq aytganda, xavfsizlik borasidagi xatolik haqidagi har qanday hisobot uchun kamida 500 AQSh dollari to‘lanadi.

3. Kuniga bir soat ijtimoiy tarmoqda vaqt o‘tkazadigan bolalarning baxtli bo‘lish ehtimoli kamayadi

Bu unchalik ham hayratlanarli bo‘lmasligi mumkin, biroq o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, yosh bolalar ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik ko‘p vaqt sarflasa, ularning o‘z hayotidan qoniqish hosil qilish hissi 14% ga kamayadi. Qiyos uchun, bu to‘liq bo‘lmagan (ya’ni yoki onasi, yoki otasi bo‘lmagan) oilaning bolaga bo‘lgan ta’siridan uch baravar ko‘proqdir.

4. MySpace'dagi barcha ma’lumotlar 2016-yilda o‘chib ketgan

Server ko‘chishidagi xatolik sabab, ommabop ijtimoiy tarmoq bo‘lgan MySpace'ga yuklangan har bir rasm, qo‘shiq va videolar — barcha kontent tasodifan o‘chib ketgan. Bu esa 14 million qo‘shiqchining 50 million qo‘shig‘i demakdir.

5. Ajrimlarning 1/3 Facebook sababdir

Ajrashgan juftliklarning 33% i ajrimga sabablar qilib Facebook'ni ko‘rsatgan. Sabablarning ba’zilar qatoriga begonalarga yozilgan xabarlar va maxfiy ravishda ochilgan ikkinchi akkauntlar kiradi.

O‘QING: Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

6. Ingichkaroq shriftdan foydalanish printer siyohini tejaydi

Oddiy foydalanuvchi uchun bu unchalik ham katta farq bo‘lmasligi mumkin, biroq ingichka chiziqli nisbatan ingichka shriftdan foydalansangiz, kartrijingizdan kamroq siyoh sarflanadi. Bu usul bilan umumiy hisobda 10% siyoh tejalishi mumkin.

7. QWERTY klaviaturasidan maqsad mashinistni atay sekinlatish bo‘lgan

Yozuv mashinkalari ixtiro qilingan davrlarda, o‘ta tez matn terish klavishlarning tiqilib qolishiga sabab bo‘lgan. QWERTY'da esa harflar chalkash joylashganligi bois matn teruvchilarning ishlash tezligi kamaytirilgan, klavishlar tiqilib qolishining ham oldi olingan. Agar samaraliroq klaviaturadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, Dvorak aynan tez yozish uchun yaratilgan. Klaviatura va matn terish haqida gap ketar ekan, shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, oddiy ish kunida matn teruvchining barmoqlari 20 km «yo‘l bosadi».

8. Ilk veb-sahifa hali ham ishlayotir

1991-yilda Tim Berners-Li Butundunyo o‘rgimchak to‘ri (www) ni yaratish ustida ishlayotgan edi. U o‘sha yili dunyodagi ilk veb-sahifani ham yaratgan: info.cern.ch. Bu saytda hech qanday grafika yoki fon mavjud emas, faqat oddiy matn va internetdan foydalanish uchun havolalar keltirilgan!

9. Ba’zi davlatlarda statsionar telefonlar davri bo‘lmagan

Resurslar kam bo‘lgani bois Nigeriya, Gana va Bangladesh davlatlarida statsionar/simli telefonlar bo‘lmagan. Ushbu mamlakatlarda yashovchilarning 1% dan ham kamrog‘i simli telefondan foydalanadi, biroq aholining 85% i mobil telefonlardan foydalanadi.

10. Yadroviy raketalar paroli «00000000» bo‘lgan

AQSh Havo kuchlari buni rad etsa-da, sobiq ofitser Bryus Bleyr bu ma’lumot to‘g‘ri ekanini tasdiqlaydi. 20 yil davomida AQSh yadroviy raketalarini ishga tushirish paroli 8 ta «0» bo‘lgan. Parol yoddan chiqmasin uchun, hatto uni varoqqa yozib ham qo‘yishgan ekan.

O‘QING: Internet haqida qiziqarli faktlar