Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (6-qism)

Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (6-qism)

Texnologiyaga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan sizni xursand qilishda davom etamiz. Ushbu sonda ham, an’anaga muvofiq, texnologiya olamining siz bilmagan 10 ta qiziq jihati bilan o‘rtoqlashamiz.

1. Butun dunyodagi pullarning 90% dan ortig‘i raqamli shaklda.

Butun dunyo bo‘ylab mavjud bo‘lgan pul mablag‘larining 90% dan ortig‘i kredit karta, debet karta shaklida saqlanadi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri depozit yoki onlayn xarid shaklida sarflanadi. Atigi 8% pul moddiy shaklga ega.

2. Har kuni Netflix tomosha qilib, odamlar millionlab soat vaqt sarflaydi.

Netflix o‘ta ommabop kompaniya bo‘lgani bois bu unchalik ham hayratlanarli fakt bo‘lmasligi mumkin. Butun dunyo bo‘ylab odamlar har 24 soatda jami 164 million soat vaqtni Netflix tomosha qilishga sarflaydi.

3. Texnologiya sohasida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, diplomingiz siz uni olguningizgacha eskirib bo‘ladi.

Albatta, malakaga ega bo‘lish yaxshi. Biroq texnologiyalar har galgidan tez rivojlanib bormoqda. Shunchalar tezki, IT sohasidagi bilimlar miqdori har ikki yilda ikki baravarga ko‘payadi. Ya’ni, agar IT sohasida to‘rt yillik oliy ta’limni boshlasangiz, o‘rgangan bilimlaringizning yarmi o‘qishni tamomlaguningizcha eskirib bo‘ladi.

4. Internetdan foydalanuvchi katta yoshlilarni ta’riflash uchun maxsus atama mavjud.

50 yoshdan oshgan va internetdan muntazam foydalanuvchilar oramizda uncha ko‘p bo‘lmasa kerak. Biroq ingliz tilida bunday katta yoshli foydalanuvchilarni «Kumush syorferlar» («Silver Surfers») deb atashadi.

5. Texnologiya kompaniyalari ko‘pincha yangi mahsulotlarini Yangi Zelandiyada sinovdan o‘tkazadi.

Bunga asosiy sabab shuki, mamlakat boshqa davlatlardan ajralgan va agar yangi mahsulotingiz sinovlari muvaffaqiyatsiz chiqsa ham, bundan ko‘pchilik xabar topmaydi.

O‘QING: Spotify haqida qiziqarli 10 ta fakt

6. Xitoyda soxta Apple do‘konlari bor.

Xitoydagi ba’zi soxta Apple do‘konlari shu qadar haqiqiyga o‘xshaydiki, hatto do‘kon xodimlarining o‘zi ham Apple'da ishlayapman, deb o‘ylashadi. Ular haqiqiy Apple mahsulotlarini sotishadi, xodimlar ham Apple futbolkalarini kiyib yurishadi. Ba’zida bu soxta do‘konlar yopib tashlanadi, lekin uning o‘rniga yangi soxta do‘konlar ochiladi.

7. 2010 yilga qadar tashuvchi kaptarlar internetdan tez xabar yetkazardi.

Ma’lumotlarni tarmoqqa yuklash tezligini o‘lchash sinovi o‘tkazilganda, tashuvchi kaptarga 50 mil uzoqlikdagi internet provayderga USB xotira kartasiga joylangan ma’lumotni yetkazish vazifasi yuklangan. Ayni damda esa internet orqali xuddi shu ma’lumotlar provayderga jo‘natilgan. Qizig‘i shundaki, provayderga kaptar 1 soatda yetib borgan bo‘lsa, internet orqali yuborilgan ma’lumot yetib borishi uchun 2 soatdan ko‘p vaqt talab qilingan.

8. Internetga yuklangan birinchi fotosurat komediya guruhining surati edi.

Internetga yuklangan birinchi fotosurat to‘rt nafar ayoldan iborat parodiya pop guruhining surati bo‘lgan. «Les Horribles Cernettes» deb nomlangan guruh a’zolari Butunjahon internet tarmog‘ining ixtirochisi Tim Berners-Li bilan hamkasbi edi. Tim qizlardan internetda nashr etish uchun guruhning skanerlangan fotosuratini so‘raydi va tariqa bu rasm tarixga aylanadi!

9. Barcha iPhone'lar reklamasida vaqt 9:41 bo‘lgani ko‘rsatib turiladi.

Buning sababi shundaki, 2007 yilda Stiv Jobs birinchi marta ayni shu paytda iPhone'ni namoyish qilgan. Birinchi iPhone'ning 41 daqiqali taqdimoti juda puxta rejalashtirilgan edi. iPhone'ning birinchi suratida vaqt 9:41 bo‘lgani ko‘rsatib turilgan va o‘sha vaqt soat chindan ham kunduzgi 9:41 edi.

10. Birinchi iPhone'da App Store bo‘lmagan.

Ehtimol, bu ajablanarli emasdir. 2007 yilda chiqarilgan birinchi iPhone'da bo‘lgan yagona dasturlarning barchasi faqat Applr dasturlari edi. Bugungi kunda iPhone uchun 1,4 milliondan ortiq ilovalar mavjud.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.