Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (7-qism)

Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (7-qism)

Sizga texnologiyalar haqida qiziqarli ma’lumotlarni berib borishda davom etamiz. Quyida texnologiyaga oid navbatdagi 10 fakt bilan tanishamiz.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

1. Biz yuklab olingan har 10 ta ilovadan atigi 1 tasini yoqtiramiz.

Taxminlarga ko‘ra, smartfonga yuklab olingan ilovalarning 80–90% i o‘chirib tashlanadi.

2. @ belgisi tasodifan tanlangan.

Email dasturini yaratayotgan dasturchi @ belgisini tasodifan tanlagan. Bu belgi ba’zi davlatlarda «maymuncha» deb ham ataladi.

3. 2014 yilga kelib raqamli musiqa sotuvlari moddiy musiqa sotuvlaridan oshib ketdi.

MP3 pleyerlar paydo bo‘lganidan buyon raqamli musiqa sotuvlari hajmi astalik bilan oshib bormoqda. 2008 Spotify ishga tushirilganidan so‘ng, moddiy musiqa (CD disklar, plastinka, kassetalar) davri tugajak ekandek tuyulgandi. 2014 yilda raqamli musiqani yuklab olish yoki obunalardan tushgan daromadlar 6,85 milliard dollarni tashkil etgan. Moddiy musiqa savdosi esa 6,82 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Bundan tashqari, hozirda odamlar har qachongidan ko‘p musiqa tinglamoqda. 2015 yilda amerikaliklar haftasiga o‘rtacha 24 soat musiqa tinglagan. 2017 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 32 soatga yetgan.

O‘QING: Smartfonlar haqida qiziqarli faktlar

4. Amazon robotlari soni besh yil ichida keskin ko‘paygan.

2013 yilda Amazon omborlarida 1,000 dona robot ishlardi xolos. 2017 yilga kelib 20 ta omborda jami 45,000 ta robot ishlay boshlagan.

5. Yurak xurujini oldindan bashorat qilishga qodir uskuna mavjud.

Tadqiqotchilar maxsus algoritm yararib, yurak xurujini sodir bo‘lishidan to‘rt soat oldin 80% aniqlikda bashorat qilishga erishgan.

6. Epidemiyalarni bashorat qila oluvchi sun’iy intellekt yaratilgan.

87% aniqlik bilan epidemiya holatini oldindan bashorat qiluvchi sun’iy ong yaratilgan. Ushbu texnologiyadan foydalangan holda Ebola va Zika kabi jiddiy viruslar tarqalishini oldindan bashorat qilishga umid bog‘lanmoqda.

7. Google 200 mingta xonadonga yetadigan miqdorda energiya sarflaydi.

Texnogigantga bunchalar ko‘p energiya kerakligidan hayratlanmasa ham bo‘ladi. Ushbu miqdor butun dunyo energiya sarfi hajmining 0.013% iga teng. Google sarflaydigan energiyasining katta qismini quyosh va shamol energiyasidan oladi va atrof-muhitga kam zarar yetkazadi.

8. Birinchi kompyuter virusi zararsiz bo‘lgan.

Birinchi kompyuter virusi 1971 yilda chiqarilgan va Creeper deb nomlangan edi. Virusni yaratishdan maqsad shunchaki u kompyuterlar orasida qanday tarqalishini sinab ko‘rish bo‘lgan.

9. Raqamli texnologiyalar atrof-muhit uchun foydali.

Taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib, raqamli texnologiyalar global uglerod chiqindilari miqdorini 20% gacha kamaytirishga yordam berishi mumkin. Bu Xitoy chiqaradigan chiqindilarning 100% miqdori va yana 1,5 milliard tonna chiqindiga teng.

10. Mayning qilinishi mumkin bo‘lgan Bitcoin'lar soni 21 millionta.

Bitkoin raqamli valyuta bo‘lgani bois uning miqdori cheklanmagan deb o‘ylarsiz. Ammo bunday emas. Butun dunyo bo‘ylab mayning qilinishi mumkin bo‘lgan Bitcoin'lar soni 21 million dona bilan chegaralangan. Agar bu miqdor cheksiz bo‘lganda, kriptovalyuta qiymati tushib ketgan bo‘lardi.

O‘QING: PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!