Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

  •   DiMaX
  •  701
  •  20.10.2020 12:33

Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

Samsung kompaniyasining ikkita yangi smartfoni yaqinda Norvegiyaning rasmiy regulyatori – Nemko AS veb-saytida «qo‘lga tushgan» edi. Saytda bitta sahifaning o‘zida joylanganiga qaraganda, Galaxy A02 hamda Galaxy M02 nomli bu ikkita qurilma aslida bitta smartfonning turli hududlarga mo‘ljallangan variantlari bo‘lyapti.

O‘QING: Samsung shoshib qoldi: Galaxy S21 ham shu yildayoq taqdim etiladi!

Galaxy A02 smartfoni allaqachon Wi-Fi Alliance sertifikatini olgan, shuningdek ommabop Geekbench ilovasida tekshirib ham ko‘rilgan edi. Endi bo‘lsa ayni shu benchmarkda Samsung Galaxy M02 ham tekshirib ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi.

Geekbench ma’lumotlar bazasida qolgan axborotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy M02 modeli Qualcomm ishlab chiqargan, maksimal 1,8 GGs chastotadagi 8 yadroli protsessorga asoslangan; bu esa Snapdragon 450 chipsetining xususiyatlariga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, benchmark mazkur smartfonning 3 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 10 operatsion tizimiga ega ekanligini ham ko‘rsatgan. Qizig‘i – Galaxy M02 ushbu testda past natija qayd etgan: yakka yadroli sinovda 108 ball, barcha yadrolarini ishlatganda esa 486 ball olgan. Garchi barcha texnik xususiyatlari buniki bilan bir xil bo‘lsa-da, Galaxy A02 modeli ayni shu benchmarkda bundan 8 baravar yuqori ochko to‘plagan edi.

Samsung Galaxy A02 (ayrim bozorlarda – Galaxy M02) modeli yaqin kunlar ichida namoyish etilib, 130 dollargacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: «Beli baquvvat» hamyonbop smartfon – Galaxy M31 Prime ham rasman namoyish qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!