Tez orada Instagram'ga NFT qo‘shiladi

Tez orada Instagram'ga NFT qo‘shiladi

Instagram'ga egalik qiluvchi Meta bosh kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg South by Southwest tadbirida ijtimoiy tarmoqqa yaqin vaqt ichida NFT bilan ishlash xususiyatlari qo‘shilishini ma’lum qildi.

"Biz yaqin vaqt ichida Instagram'ga NFT'larni olib kelish ustida ishlayapmiz. Men bugun nima bo‘lishini e’lon qilishga tayyor emasman. Ammo, keyingi bir necha oy ichida NFT'laringizning bir qismini olib kelish qobiliyati, umid qilamanki, vaqt o‘tishi bilan ushbu muhitda narsalarni NFT yaratish mumkin bo‘ladi." deydi Mark Tsukerberg.

O‘tgan yili Instagram rahbari Adam Mosseri ijtimoiy tarmoq jamoasi NFT'larni faol ravishda o‘rganayotganligi haqida xabar bergan edi. Shu yilning yanvar oyida esa, Facebook va Instagram birgalikda NFT bilan ishlash xususiyatlari ustida ishlar olib borilayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, seshanba kungi nutqida Tsukerberg NFT'lar kompaniyaning metaolamida katta rol o‘ynashi haqida ham aytib o‘tgan:

“Umid qilamanki, sizning avataringiz metaolamda kiygan kiyimi, asosan NFT sifatida yaratilishi mumkin. (Bularning) haqiqatan ham amalga oshishidan oldin ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan bir qancha texnik narsalar mavjud."

NFT(non-fungible token) — blokcheyn texnologiyasi yordamida istalgan raqamli narsalar: rasm, musiqa, video va boshqalarning egalik huquqini o‘zgarmas tokenga aylantirib beradi. Masalan sizda Photoshop'da tayyorlangan surat bor. Agar uni o‘zgarmas token ya’ni NFT'ga aylantirsangiz, bu yerda NFT surat aynan sizniki ekanligini isbotlaydigan sertifikat vazifasini bajaradi.

O‘QING: Endi smartfonlarni ham kriptovalyuta bilan sotib olish mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!