Tez orada Samsung Galaxy S11 kamerasi sinovdan o‘tkaziladi

Tez orada Samsung Galaxy S11 kamerasi sinovdan o‘tkaziladi

Janubiy Koreyadan xabar berilishicha, Galaxy S11 flagmanining periskop kamerasini sinovdan o‘tkazish uchun yaqin fursatlarda Samsung maxsus sinov qurilmasini qabul qilib oladi. Qurilmalar boshqa bir koreyalik kompaniya — MecaTech Systems tomonidan yetkazib beriladi.

Periskop kamerani sinovdan o‘tkazish qurilmasi

 

Ushbu qurilmalar ta’minotchi kompaniya kamera linzalarini Samsung'ga yetkazish berishni boshlashidan oldin apparat ta’minotining yakuniy sinovlarini o‘tkazish uchun ishlatiladi. MecaTech smartfon kameralari bilan bir qatorda persikop kamera va ToF modullar ishlab chiqaradi.

Mish-mishlarga qaraganda, Samsung o‘zining navbatdagi flagmanida o‘rtacha fokus uzunli (masalan, 3x zum) emas, balki 5x optik zum bo‘lishiga qaror qilgan. Flagmanning asosiy kamerasi esa Samsung Electro-Mechanics tomonidan yaratilgan modul ichidagi 108 megapikselli datchik bo‘lishi aytilmoqda. 

Yana bir norasmiy xabarga ko‘ra, Galaxy S11'da spektometr ham bo‘ladi. Bu esa smartfon bilan ob’yektlarning kimyoviy tuzilishini tahlil qilish; ovqat kaloriyasi, ma’lum bir ichimlikka qancha miqdorda alkogol qo‘shilganini aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi deganidir. Puls sensori kabi ushbu texnologiya smartfon vositasida salomatlikni kuzatib borishda katta qadam bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S11 kamerasi necha megapikselli bo‘ladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!