Tezkor internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari kimga xalaqit beryapti?

  •   DiMaX
  •  1217
  •  23.01.2021 14:18

Tezkor internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari kimga xalaqit beryapti?

Ilon Maskka qarashli SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi haqida ilgari ham xabarlar berganmiz. Bu – orbitadan turib Yerga internet xizmatini uzatuvchi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘idir.

O‘QING: Business Insider: Starlink'ning interneti yomon ob-havo sharoitida ham tezkor internetni ta’minlab beradi

Astrofizik Itan Sigel Starlink sun’iy yo‘ldoshlari tadqiqotlarga xalaqit berayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular sababli teleskoplardagi tasvirlar chaplashib ketmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Hozirda orbitaga Starlink va OneWeb sun’iy yo‘ldoshlari joylashtirilmoqda, tez orada ular qatoriga Amazon kompaniyasining Kuiper sun’iy yo‘ldoshlari ham qo‘shiladi.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, ular Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining xalaqit berishiga 2019 yildayoq duch kelishgan.

Astrofiziklar sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan tavsiyalarni berishgan. Unga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh orbitasi balandligi 550-600 kilometrdan oshmasligi lozim.

Mutaxassislar Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ajratib olish mumkinligini, ammo OneWeb qurilmalarida muammo ko‘proq paydo bo‘lishini qayd etishdi. Uning sun’iy yo‘ldoshlari 1,2 ming kilometr balandlikda joylashgan.

SpaceX kompaniyasi orbitaga 12 ming dona sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirgan. Kompaniya sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga 2019 yil may oyidan chiqarishni boshlagan.

O‘QING: Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!