Tezkor quvvatlash texnologiyasi smartfonda kichikroq hajmdagi akkumulyator bo‘lishiga sabab bo‘’ladimi?

Tezkor quvvatlash texnologiyasi smartfonda kichikroq hajmdagi akkumulyator bo‘lishiga sabab bo‘’ladimi?

Tez quvvat oluvchi smartfonlar sekin quvvat oluvchi smartfonlarga qaraganda kichikroq hajmdagi akkumulyator bilan jihozlanishiga hech ahamiyat berganmisiz? Kompaniyalar bu to‘g‘risida shu kungacha hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi. 

Shuning uchun, GSMArena sayti a’zolari o‘zlari ushbu holatni o‘rganib chiqishdi. O‘rganish davomida bitta kompaniyaning bir xil vaqtda taqdim etilgan hamda bir xil hajmga ega bo‘lgan, biroq turli xil quvvat tezligini taqdim etuvchi smartfonlar taqqoslab chiqildi. 

Tezkor quvvatlash texnologiyasi premium funksiya hisoblanib, ko‘p hollarda u oddiy va Pro modellarni ajratib turadi. 

Xo‘sh tezkor quvvatlanish akkumulyator hajmiga rostdan ham ta’sir o‘tkazadimi? O‘n ikkita smartfonni taqqosidan kelib chiqib, uning 10% ta’siri bor deyish mumkin. Misol uchun, biror bir smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Ushbu modelga o‘xshash, biroq tezroq quvvatlana oladigan smartfon 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Demak, tezkor quvvatlanish kichikroq sig‘imli akkumulyator degani. 

Ammo bu tushuncha doimo ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Misol uchun, Hindiston bozori uchun ishlab chiqilgan Redmi Note 9 Pro modeli 18 vattda quvvat oladi. Global versiyadagi Redmi Note 9 Pro esa 30 vattda zaryad oladi. Ikkala model ham 5,020 mAs akkumulyator bilan jihozlangan hamda og‘irlik va o‘lcham jihatidan ikkalasi bir-biridan farq qilmaydi. 

Xuddi shunday holat Oppo F17 Pro va Oppo A93 smartfonlari o‘rtasida ham kuzatiladi. Aslida ikki qurilma hajm jihatdan bir xil, biroq F17 Pro modeli 18 vatt, A93 esa 30 vattda quvvat oladi. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, 18 vattdan 30 vattgacha bo‘lgan tezlik akkumulyator hajmiga ta’sir o‘tkazmaydi. Agar yanada tezroq zaryad oluvchi smartfonlarga e’tibor qaratsak, bunda akkumulyator hajmlarida o‘zgarish kuzatiladi. 

realme 7 (global versiya 30 vattda quvvatlanadi) to‘liq quvvatlanish uchun 1 soat 5 daqiqa vaqt sarfladi. Bu ko‘rsatkich esa realme Narzo Pro modelida (65 vattda quvvatlanadi) 45 daqiqani tashkil etdi. Bu 20 daqiqa tezroq deganidir. 

Xiaomi Mi 10 5G (30 vattda quvvatlanadi) to‘liq quvvatlanish uchun 1 soat 12 daqiqa vaqt sarflaydi. Mi 10 Pro 5G (50 vattda zaryadlanadi) to‘liq quvvatlanish uchun 50 daqiqa vaqt sarflaydi. Bu yerda ham 20 daqiqalik farq bor. 

Xo‘sh, 20 daqiqa akkumulyator hajmining kichrayishiga arziydimi? Shuni ta’kidlash kerakki, akkumulyator quvvat kamroq bo‘lganda u tezroq to‘lishni boshlaydi. 100% ga yaqinlashganda esa foiz ko‘rsatkichlari sekinlik bilan oshib boradi. 

Shunday qilib, tezkor quvvatlash texnologiyasi Mi 10 modellari misolida 6%, realme smartfonlari misolida esa 11% akkumulyator hajmini kichrayishiga sabab bo‘ldi. 

Ba’zan tezkor quvvatlanish smartfonga qo‘shimcha ustunlik ham beradi. Masalan, Xitoy bozori uchun ishlab chiqilgan Redmi Note 11 Pro (67 vatt) to‘liq quvvatlanish uchun 43 daqiqa, Redmi Note 11 Pro+ (120 vatt) esa 15 daqiqa vaqt sarflaydi. Bu deyarli uch baravar tezroq degani. 

Redmi Note 11 Pro+ modelining akkumulyator hajmi oddiy Pro medeldan 660 mAs ga kichikroq. Bu akkumulyator hajmining 15% ga kichrayishini bildiradi. 

Kompaniya Xiaomi 11i (Redmi Note 11 Pro - Xitoy versiya) va Xiaomi 11i HyperCharge (Redmi Note 11 Pro+ - Xitoy versiya) reklama qilayotganda HyperCharge model 0% dan 100% gacha 15 daqiqada, 11i esa 0% dan 50% gacha 13 daqiqa vaqt sarflashi haqida ma’lumot beruvchi posterni taqdim etgan. 

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘p yoki kamroq vaqt ichida siz to‘liq zaryadlangan yoki faqat yarim zaryadlangan telefonga ega bo‘lishingiz mumkin. Shunga qaramay, oddiy 11i modeli kattaroq akkumulyatorga ega, shuning uchun bu foizlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslab bo‘lmaydi. 

Biroq bu yerda yana bir farq bor. 11i modeli sekin quvvat oladi, lekin kattaroq akkumulyatorga ega. Bu smartfonni quvvati sekin to‘lsa-da, uning quvvati uzoqroq vaqtga yetadi. 11i HyperCharge'da esa buni aksi, ya’ni u tez quvvat oldi, biroq akkumulyator hajmi kichikroq bo‘lganigi uchun uning quvvati oddiy modelnikidan tezroq tugaydi. 

E’tiborni so‘nggi bo‘lib Xiaomi Pad 5 va Pad 5 Pro planshetlarga qaratamiz. Oddiy model 8,720 mAs, Pro model esa 8,600 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Bu yerda farq 1%, ammo quvvatlash tezligidagi farq ikki baravar tezroq. 

Xulosa qilib aytganda, quvvat tezligida smartfonlar ikkita toifa ajralib turadi. Birinchisi, 30 vatt yoki undan tezroq quvvat oladigan smartfon bo‘lib, ular odatda bir soatga yaqin yoki bir soatdan oshiqroq vaqt ichida to‘liq quvvatlanadi. 

Ikkinchisi esa 100+ vattda quvvat oluvchi smartfonlar. Ular 15-20 daqiqa ichida to‘liq quvvatlana oladi. Tezkor quvvatlanish texnologiyasi esa akkumulyator hajmining biroz qisqarishiga sabab bo‘ladi. Chunki smartfonni tez quvvatlash bilan bir qatorda uni to‘liq quvvatlash uchun ketadigan vaqtga ham urg‘u beriladi. 

O‘QING: Xiaomi 12 vs Galaxy S22 - qay birini sotib olgan ma’qul? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.