TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

  •   DiMaX
  •  2612
  •  25.09.2019 11:00

TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

Bugun – 2019 yilning 25 sentyabr sanasi yurtimiz tarixida qoladigan sana bo‘lyapti. Zero, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor tijoriy 5G tarmog‘ini ishga tushirmoqda!

O‘QING: XUShXABAR: Ucell allaqachon O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi! (+«jonli» video)

Kompaniya bu haqda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi asosiy tadbir – ICT EXPO 2019 ko‘rgazmasining birinchi kuni o‘z stendida e’lon qiladi. Ayni daqiqalarda (soat 11.00 ga yaqin) u yerdagi Ucell stendida uning namoyishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ko‘rgazma ishtirokchilari shu yerning o‘zidayoq Ucell kompaniyasi tomonidan eng yangi – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ining ishga tushirilishiga guvoh bo‘lishadi. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH mamlakatlari orasida ham ilk 5G-tarmoqlardan biri bo‘lyapti.

Bugina emas, Ucell kompaniyasi tomonidan Metrotelekom bilan hamkorlikda metroda ham uyali aloqa ishga tushirilyapti! Bu ikki jarayon bevosita ICT EXPO 2019 ishtirokchilarining ko‘zi oldida amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan ko‘rgazmadagi Ucell stendida eng yirik IT-gigantlarning xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilib, 5G tarmog‘ining afzalliklari haqida so‘z yuritishlari kutilmoqda.

ICT EXPO 2019 ko‘rgazmasi hali davom etmoqda, voqealar rivojini Terabayt.uz bilan birga kuzating.

O‘QING: Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorini sotib olyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!