Tezkor xotirasi 6 GB li smartfon

Tezkor xotirasi 6 GB li smartfon

Xitoyning LeTV kompaniyasi LeTV Max fabletidan so‘ng yangi versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi smartfonning ekrani 5,7 dyuymli. Ekran sig‘imi 1440×2560. 23 megapikselli kamerasi bor. Avtofokuslash tezligi 0,1 soniyagacha. Korpusi shishadan ishlanadi. Ammo eng qizig‘i smartfonning ichki apparati bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar Qualcomm Snapdragon 820 ni qo‘llagan holda telefonga 6 GB li tezkor xotira o‘rnatishmoqchi.

Hozirgi kunda faqat Samsung Galaxy S7 da bunday tezkor operativ xotira borligi quloqqa chalingan. LeTV Max 2 ni 2016 yilning birinchi kvartaliga ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Janubiy Koreyaning dovrug‘i doston smartfoni ham ayni o‘sha muddatda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: bundan oldingi LeTV Max smartfoni bahorda taqdim etilgan bo‘lib, ekrani 6,33 dyuym, ekran sig‘imi 2560x1440, Qualcomm Snapdragon 810 sakkiz yadroli 64-bitli protsessorga ega, tezkor xotirasi 4 GB. 21 megapikselli kamerasi bor. Ikkita sim-karta joylashadi. Barmoq izini skanerlash funksiyasi mavjud bo‘lib, bu telefon narxi 599 AQSh dollari turadi. Albatta kelgusi versiyasining narxi balandroq bo‘lishi tayin.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!