Tezlik zavqi: Pixel 4 XL tezroqmi yoki iPhone 11 Pro Max'mi? (+video)

Tezlik zavqi: Pixel 4 XL tezroqmi yoki iPhone 11 Pro Max'mi? (+video)

Google smartfonlari bozorning eng tezkor qurilmalaridan hisoblanadi.

Sof Android operatsion tizimi va optimallashtirish Pixel smartfonlariga boshqa qurilmalarga qaraganda yaxshi ishlashga imkon beradi.Ammo, Silikon vodiysi va Kupertinoda chiqarilgan eng so‘nggi va eng kuchli ikki smartfondan qaysi biri o‘z egasiga haqiqiy tezlik zavqini bera oladi? Bu savolga quyidagi videodan javob olishimiz mumkin.

O‘zingiz ham ko‘rib turganingizdek, iPhone 11 Pro Max sezilarli darajada tezroq bo‘lib chiqdi. Farq, ayniqsa, Adobe Premiere Rush ilovasida yaqqol ko‘zga tashlandi. iPhone 11 Pro MAx'da videoni ochish uchun 9 soniya, Pixel 4 XL'da esa 15 soniya vaqt sarflandi.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: iPhone 11 Pro hamda Google Pixel 4 «chatishma»si – atigi 140 dollar! (+«jonli» rasm)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!