The Division o‘yinini 8 sentyabrgacha olib qo‘ying va bir umr bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  1170
  •  03.09.2020 17:32

The Division o‘yinini 8 sentyabrgacha olib qo‘ying va bir umr bepul o‘ynang!

Epic Games o‘zining onlayn do‘konida ikkita – Hitman va Shadowrun o‘yinlarini bugun – 3 sentyabr kechqurungacha bepul tarqatmoqda. Mazkur an’anani davom ettirib, Ubisoft ham qiziqarli o‘yinlardan birini tekinga ulasha boshladi.

O‘QING: Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

Mazkur kompaniya kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan The Division o‘yinini bepul olib qo‘yish imkonini taqdim etyapti. Uning syujeti epidemiya oqibatlari haqida hikoya qiladi: telba olim insoniyatning barcha qo‘rqinchli viruslarini birlashtirib, hamma yoqqa tarqatib yuborgan. Natijada odamlar qirila boshlagan, hamma yoq ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan, ko‘chalarda jinoyatchilar bilganini qilib yuribdi. Geymer bu o‘yinda maxsus agent rolida o‘ynab, ularga qarshi turli qurollar vositasida jang olib boradi.

The Division o‘yinini mana bu havola orqali Ubisoft rasmiy saytidan olib qo‘yish mumkin. Uni 8 sentyabrgacha Uplay kutubxonangizga qo‘shib qo‘ysangiz, keyin istalgan payt bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!