The Game Awards 2020 finalistlari: yilning eng zo‘r o‘yini qaysi bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  1177
  •  21.11.2020 12:00

The Game Awards 2020 finalistlari: yilning eng zo‘r o‘yini qaysi bo‘ladi?

Yilning yakuni yaqinlashib, turli sohalar bo‘yicha eng yaxshilari e’tirof etiladigan pallaga ham vaqt oz qoldi. Shu jumladan, kiber-o‘yinlar industriyasida ham yilning eng zo‘rlari bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.

O‘QING: iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

Bu yil yettinchi bor o‘tkazilayotgan The Game Awards 2020 taqdirlash marosimi tashkilotchilari allaqachon nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, «Yilning eng zo‘r o‘yini» bo‘lishga quyidagilar da’vogarlik qilishmoqda:

  1. Animal Crossing: New Horizons
  2. DOOM Eternal
  3. Final Fantasy VII Remake
  4. Ghost of Tsushima
  5. Hades
  6. The Last of Us Part II

Umuman, jami 30 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikka nomzod o‘yinlar ma’lum, biroq ro‘yxat ancha katta bo‘lgani bois biz barchasini keltirib o‘tirmadik. Ular bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali The Game Awards rasmiy Twitter-sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Aytish kerakki, bular orasida The Last of Us Part II o‘yini naq o‘nta yo‘nalish bo‘yicha birinchilikka da’vogarligi bilan rekordchi bo‘lib turibdi. Hades o‘yini sakkizta, Ghost of Tsushima esa yettita nominatsiyada g‘oliblik uchun kurashadi.

The Game Awards 2020 tadbiri 10 dekabrda bo‘lib o‘tadi, yangiliklarimizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.