The Game Awards 2020: yilning eng zo‘r o‘yinlari bilan tanishing! (+video)

  •   DiMaX
  •  1981
  •  11.12.2020 16:53

The Game Awards 2020: yilning eng zo‘r o‘yinlari bilan tanishing! (+video)

Bugun – 11 dekabrga o‘tar tunda The Game Awards 2020 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kutilganidek, kechaning mutlaq g‘olibi The Last of Us Part II o‘yini bo‘ldi.

O‘QING: The Game Awards marosimida ikkita sohibjamol jangchi ham ishtirok etadi

The Game Awards 2020 tadbiri uch yarim soat dvom etgan; agar vaqtingiz va trafigingizni qizg‘anmasangiz, uni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

O‘yinlar industriyasida yilning eng zo‘rlari ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Yilning eng zo‘r o‘yini – The Last of Us Part II
  2. Eng yaxshi rejissura – The Last of Us Part II
  3. Eng yaxshi syujet – The Last of Us Part II
  4. Eng yaxshi badiiy postanovka – Ghost of Tsushima
  5. Eng yaxshi saundtrek va musiqa – Final Fantasy VII Remake
  6. Eng yaxshi ovoz dizayni – The Last of Us Part II
  7. Eng yaxshi aktyorlik o‘yini – Laura Bailey (The Last of Us Part II o‘yinidagi Abby roli)
  8. Hali takomillashtirilayotgan eng yaxshi o‘yin – No Man's Sky
  9. Eng yaxshi mustaqil o‘yin – Hades
  10. Eng yaxshi mobil o‘yin – Among Us

O‘QING: Among Us haqida 10 ta fakt

  1. Hamjamiyatning eng yaxshi qo‘llab-quvvatlovi – Fall Guys: Ultimate Knockout
  2. Eng yaxshi VR/AR – Half-Life: Alyx
  3. Eng yaxshi jangari o‘yin – Hades
  4. Eng yaxshi ekshn/RPG – The Last of Us Part II
  5. Eng yaxshi rolli o‘yin – Final Fantasy VII Remake
  6. Eng yaxshi fayting – Mortal Kombat 11 Ultimate
  7. Eng yaxshi oilaviy o‘yin – Animal Crossing: New Horizons
  8. Eng yaxshi simulyator / strategiya o‘yini – Microsoft Flight Simulator
  9. Eng yaxshi sport / poyga o‘yini – Tony Hawk's Pro Skater 1+2
  10. Eng yaxshi ko‘p foydalanuvchili o‘yin – Among Us
  11. Eng yaxshi debyut – Phasmophobia

O‘QING: Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

  1. Eng yaxshi kibersportchi – Showmaker
  2. Kibersport bo‘yicha eng yaxshi murabbiy – Danny "zonic" Sorenson
  3. Eng yaxshi kibersport tadbiri – League of Legends: World Championship 2020
  4. Eng yaxshi kibersport o‘yini – League of Legends
  5. Eng yaxshi kibersport boshlovchisi – Sjoks
  6. Eng yaxshi kibersport jamoasi – G2 Esports
  7. Yilning eng yaxshi kontenti muallifi – Valkyrae
  8. Arzon innovatsiyalar – The Last of Us Part II
  9. Eng kutilayotgan o‘yin – Elden Ring
  10. Tomoshabinlarga yoqqan o‘yin – Ghost of Tsushima

Ko‘rib turganingizdek, naq o‘ttiz bitta yo‘nalishda g‘oliblar nomi e’lon qilingan. Xo‘sh, siz bularning qaysilarini o‘ynagansiz, qay birlarini hozir ham o‘ynab turasiz?

O‘QING: «Yulduzlar jangi»: afsonaviy o‘yin iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqyapti (+video)