Thunderbird FF1 taqdim etildi - yangi brendning birinchi smartfoni

Thunderbird FF1 taqdim etildi - yangi brendning birinchi smartfoni

TCL kompaniyasi yangi Thunderbird brendi ostida smartfonlar ishlab chiqarishni boshladi. Ushbu brenddagi birinchi smartfon Thunderbird FF1 bo‘lib, u 10 sentyabrdan sotuvga chiqadi. Qurilmaning 8/128GB, 8/256GB xotira turlari bo‘lib, uning 8/128GB versiyasi 385 dollar, 8/256GB versiyasi esa 430 dollarni tashkil qiladi.

Thunderbird FF1 6,67 dyuymli displeyga ega bo‘lib, ushbu displey 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab -quvvatlaydi. Displeyning yuqori chap tomonida ikkita selfi kamera joylashgan

Smartfon 4,300 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 66 vattda quvvatlash mumkin. 100% quvvatlanish uchun qurilma 40 daqiqa vaqt sarflaydi.

Smartfonga 64MP asosiy kamera hamda u bilan birga ishlovchi ultrakeng va makro kameralar ham o‘rnatilgan. Qurilma MediaTek Dimensity 900 chipida ishlaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy M32 5G taqdim qilindi: Dimensity 720 va 48MP to‘rtta kamera

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!