TikTok AQSHda bloklanish arafasida turibdi

TikTok AQSHda bloklanish arafasida turibdi

Ilgariroq xabar berganimizdek, AQSH hukumati TikTok'ni mamlakat hududida bloklash rejalasini ko‘rib chiqayotgandi.

Endi esa BBC'ning ma’lum qilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp rostdan ham Xitoyning video ulashuv ilovasini Qo‘shma Shtatlar hududida bloklamoqchi va bunga juda oz vaqt qoldi.

Janob Trampning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Prezident farmoni shanba kuni, ya’ni bugunoq imzolanishi mumkin.

AQSHning xavfsizlik borasidagi rasmiylari Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ilovasi amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plashda foydalanilishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirgan. TikTok esa platforma Xitoy hukumati tomonidan boshqarilmasligi hamda hukumatga foydalanuvchilar ma’lumoti taqdim qilinmasligini ta’kidlagan. Yuqori sur’atlarda ommalashib borayotgan ushbu ilovaning AQSHdagi oylik faol foydalanuvchilari umumiy soni 80 millionga yaqin. Shuning uchun, AQSH hukumatining taqiqi ByteDance uchun katta zarba bo‘ladi.

«TikTok haqida so‘z borganda aytishim kerakki, biz uni Qo‘shma Shtatlarda bloklamoqdamiz», deya ma’lum qildi Prezident Air Force One bortidagi jurnalistlarga.

Ammo Janob Tramp TikTok'ni mamlakat hududida bloklashi uchun aynan qanday qonuniy vakolatidan foydalanishi, bloklash qanday amalga oshirilishi va bu harakat qanday qonuniy muammolarni keltirib chiqarishi hozircha ayon emas.

Microsoft ByteDance bilan muzokalarga kirishib, TikTok'ni sotib olishga urinayotgani haqida xabarlar ham tarqalgan edi, ammo Janob Tramp bunday kelishuv amalga oshishi borasidagi shubhalarini bayon qilgan. Agar ushbu kelishuv amalga oshganda, ByteDance AQSHdagi barcha operatsiyalarini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelardi.

TikTok vakili Prezident Tramp rejalashtirayotgan taqiqiga izoh berishdan bosh tortdi, ammo Amerika OAVga ByteDance kompaniyasi «TikTok uzoq muddat davomida AQSHda muvaffaqiyatli» faoliyat olib borishiga ishonishini ma’lum qilgan.

TikTok'ni mamlakat hududida taqiqlash rejasi Tramp ma’muriyati va Xitoy hukumati o‘rtasidagi nizolar ayni kuchaygan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

AQSh nega TikTok'dan xavotirda?

AQSH rasmiylari va siyosatchilari ByteDance TikTok vositasida to‘plagan foydalanuvchi ma’lumotlari Xitoy hukumati qo‘liga yetib borishi mumkinligidan xavotirda. Ammo kompaniya AQSHlik foydalanuvchilar ma’lumotlari AQSHning o‘zida saqlanishi va ularning nusxasi Singapurda mavjud ekanligini aytgan.

Bu hafta TikTok o‘z foydalanuvchilari va siyosatchilarga yuqorida darajadagi shaffoflikka amal qilishni boshlashini va algoritmlarini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

«Biz siyosatga aloqador emasmiz, siyosiy reklamalarni qabul qilmaymiz va hech qanday siyosiy rejamiz ham mavjud emas — yagona maqsadimiz yorqin, hammaga zavq ulashuvchi dinamik platforma bo‘lib qolishdir. TikTok [AQSHning] eng so‘nggi nishon[i]ga aylandi, lekin biz dushman emasmiz», dedi TikTok Bosh ijrochi direktori Kevin Meyer tarmoqda qoldirgan postida.

O‘QING: TikTok haqida 10 statistika

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!