TikTok endi eng zo‘ri emas – sizga sevimli ilova dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqdi!

  •   DiMaX
  •  4111
  •  06.02.2021 10:50

TikTok endi eng zo‘ri emas – sizga sevimli ilova dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqdi!

O‘tgan yil davomida TikTok ilovasi o‘ta ommalashib, yuklab olinishi bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay keldi. Lekin 2021 yilning boshiga kelib, WhatsApp platformasi atrofida bo‘layotgan mojarolar tufayli vaziyat butkul o‘zgardi.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Sensor Tower tadqiqot firmasining ma’lum qilishicha, 2021 yilning yanvar oyida butun jahonda eng ko‘p yuklab olingan ilova Telegram messenjeri ekan. Uning har ikkala platformadagi qurilmalarga 63 millionta o‘rnatib olishgan – bu esa 2020 yilning yanvaridagi ko‘rsatkichdan 3,8 baravarga oshiq!

Quyidagi jadvalning birinchi ustunida umumiy yuklab olishlar, ikkinchi ustunda App Store katalogidan, uchinchi ustunda esa Google Play do‘konidan o‘rnatib olishlar bo‘yicha TOP-o‘ntalik aks ettirilgan:

Ko‘rib turganingizdek, Android-qurilmalarga o‘rnatib olishlar bo‘yicha Telegram hamda Signal messenjerlari yuqori o‘rinlarga chiqib olgan. Apple qurilmalariga ko‘chirib olishlar borasida esa TikTok haliyam liderlikni qo‘ldan bermagan.

Darvoqe, yurtimizda juda ommalashgan Telegram platformasi yaqinda yangilanib, unga boshqa messenjerlardagi yozishmalar tarixini import qilish imkoni ham qo‘shilgan. Biz esa barcha ma’lumotlarni ko‘chirib o‘tkazgach, WhatsApp’dagi akkauntni ishonchli o‘chirib yuborish qo‘llanmasini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Habib Nurmagomedov Instagram’da o‘ta keskin chiqish qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!