TikTok foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi

TikTok foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi

Shubha yo‘qki, TikTok butun dunyo bo‘ylab smartfon foydalanuvchilari e’tiborini o‘ziga torta oldi. Bir necha davlatlar, jumladan, AQSh va Hindistondagi siyosiy to‘siqlarga qaramay, TikTok 1 milliard oylik faol foydalanuvchilarga ega bo‘lganini ma’lum qildi.

O‘QING: TikTok endi YouTube'ni ham ortda qoldirdi

@tiktok

✨ 1 billion✨ people on TikTok! Thank you to our global community 🎉

♬ original sound - TikTok

Xitoy kompaniyasi bo‘lgan TikTok ma’lumotlarni to‘plash amaliyoti sabab AQSh hukumati tomonidan kuchli shubhaga olingan va Amerika fuqarolari ma’lumotlarini yig‘ishda ayblangan edi. Tramp administratsiyasi davrida platforma, biror Amerika kompaniyasi bilan shartnoma tuzish majburiyati bilan, bloklangan. Bir necha oydan so‘ng, Bayden o‘z lavozimiga kirishgach bitim masalasidagi muzokaralar tugatilganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Qiyos uchun, Instagram mazkur natijani 2018 yil yozida qayd etgan bo‘lib, ommabop ijtimoiy tarmoq platformasi sifatidagi pozitsiyasini saqlab qolishga qattiq urinib kelmoqda. TikTok va qisqa formatdagi videolarning paydo bo‘lishi bilan Instagram va YouTube platformalari o‘zlarining TikTok'ka o‘xshash muqobillari — Instagram Reels va YouTube Shorts funksiyalarini chiqardi.

Iyul oyida Instagram rahbalaridan Adam Mosseri TikTok kuchli raqibga aylanayotganini ta’kidlab, Instagram'ning foto ulashuv ilovasi sifatidagi asosiy funksiyasi o‘zgarishi va quyidagi to‘rtta jihatga e’tibor ko‘proq qaratilishi kerakligini ma’lum qilgan edi: ijodkorlar, video, shopping va xabarlashuv.

O‘QING: TikTok’dagi yangi chellenjdan bolalar halok bo‘lmoqda!