TikTok manguga bloklandi

  •   DiMaX
  •  3725
  •  27.01.2021 09:07

TikTok manguga bloklandi

Hindiston hukumati 59 ta Xitoy dasturini umrbodga blokladi, ular ichida TikTok ijtimoiy tarmog‘i ham bor. Bu haqda Hindistonning Econimic Times nashri xabarlariga tayanib «Darakchi» yozmoqda.

O‘QING: Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

Hindiston Axborot texnologiya vazirligi Xitoy dasturlari xavfsizligi agentlik talablariga javob bermasligi haqida o‘tgan hafta xabar bergan edi. Natijada mamlakat hukumati 59 ta Xitoy dasturini doimiy ravishda blokladi.

Hindistonda 2020 yilning 2 sentyabr kuni ham 118 dan ortiq onlayn platforma va dasturlar bloklangan edi. Ushbu dasturlar orasida onlayn savdo do‘koni AliYexpress ham bor edi.

Shuningdek, Xitoyning mashhur dasturlari sanalgan PUBG Mobile, Snack Video, Cam Card, WeWorkChina va  WeDate dasturlari ham hindistonliklar uchun hukumat tomonidan yopilgan platformalardir.

O‘QING: IIV ogohlantiradi: «Tiktokerlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!