«TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!

  •   DiMaX
  •  5707
  •  24.11.2020 15:24

«TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!

TikTok ijtimoiy tarmog‘ida mutlaq rekord qayd etildi – Charli D'Amelio (Charli D’Amelio) ismli foydalanuvchi 100 milliondan oshiq obunachi to‘pladi. Ayni damda obunachilar soni bo‘yicha kuchli uchlikdagi yana ikki nafar yuzerdan har birining kuzatuvchilari esa 50 milliondan ziyodroq.

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Charli D'Amelio – internetda mashhur bo‘lgan amerikalik raqqosadir. Shu yilning avgustida uning obunachilari 80 milliondan oshgan va The New York Times nashri uni «TikTok’da hukm surayotgan qirolicha» deb atagan edi.

Qizig‘i – bu qiz TikTok’ka o‘z videoroliklarini nisbatan yaqinda – 2019 yilning may oyidagina yuklay boshlagan, bir yil avval esa uning bor-yo‘g‘i 6 milliontacha obunachisi bor edi. Aytish kerakki, YouTube tarmog‘ida 100 million obunachi to‘plagan ilk kanal bunga 14 yildagina erisha olgan.

O‘QING: «Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

«TikTok qirolichasi» yaqinda podkast ishga tushirgan, YouTube’ga chiqqan va kitob yozish haqida shartnoma imzolaganini e’lon qilgan. Shuningdek, Charli opasi Diksi bilan birga ham podkast yuritadi. Ularning ota-onalari ham TikTok’da faol; umuman, «D'Amelio xonadoni» turli ijtimoiy tarmoqlarda faol hisoblanadi.

Darvoqe, koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq birinchi o‘ringa chiqqanidan xabaringiz bormidi? Bu haqdagi maqolamizda yurtimizda turli  ijtimoiy tarmoqlar obunachilarining o‘sishi aks ettirilgan infografik video ham berilgan.

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!