TikTok talash bo‘lyapti – unga Apple ham talabgor!

  •   DiMaX
  •  840
  •  05.08.2020 10:52

TikTok talash bo‘lyapti – unga Apple ham talabgor!

Kuni kecha biz Microsoft korporatsiyasi TikTok servisining Amerika bo‘linmasini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani haqida yozgandik. Lekin Donald Tramp tahdidi sababli bu muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan.

O‘QING: Tramp shart qo‘ydi: «TikTok'ni 45 kun ichida Amerika kompaniyasiga sotishlari kerak!»

Endi esa, Axios nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, TikTok servisini sotib olish uchun Apple ham ishga kirishgan. Lekin bu ma’lumot bo‘yicha hozircha na kupertinoliklar, na TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance internet-kompaniyasi biror rasmiy izoh bermagan.

Aytish kerakki, Microsoft ushbu servisning faqat AQShdagi biznesini sotib olish uchun muzokara boshlagan edi. Lekin Donald Tramp undan ma’lum ulushni emas, balki butun dasturni sotib olishga chaqirdi. Bundan tashqari, prezident mazkur xariddan tushgan daromadning bir qismi AQSh Moliya vazirligiga borishi kerakligini ta’kidlagan.

O‘QING: Apple xitoyliklarni salkam 30 mingta o‘yin va ilovadan mahrum etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!