TikTok taslim bo‘lmaydi: u Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi!

  •   DiMaX
  •  441
  •  10.08.2020 17:49

TikTok taslim bo‘lmaydi: u Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi!

Keyingi paytlarda AQShda TikTok ustida yuz berayotgan mojarolardan xabaringiz bor: Donald Tramp uni 45 kun ichida butunicha biror AQSh kompaniyasiga sotishlarini talab qilgan, aks holda bloklamoqchi. Servisni sotib olish uchun Microsoft korporatsiyasi muzokara boshlagan, lekin unga Apple ham talabgor!

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

NPR nashrining yozishicha, TikTok ham bo‘sh kelmayapti – u Donald Tramp administratsiyasi ustidan sudga da’vo arizasi kiritmoqchi. Nashrga bu haqda arizani tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etgan kishi xabar bergan.

Unga ko‘ra, TikTok federal da’voni 11 avgust – seshanba kuni Kaliforniya shtati Janubiy okrugi sudiga topshirishadi. Chunki servisning AQShdagi shtab-kvartirasi ayni shu yerda joylashgan.

Mazkur da’vo arizasida, prezident Tramp tomonidan imzolangan qaror mamlakat konstitutsiyasiga zid ekanligi, chunki u TikTok’ning biror munosabat bildirishi uchun ham imkon qoldirmayotgani aytilgan. Shuningdek, mazkur servis ma’muriyati qarorda tilga olingan «milliy xavfsizlik» masalasini ham asossiz, deb hisoblydi, chunki TikTok hech qaysi yo‘l bilan xavfsizlikka tahdid solmaydi.

Oq uy tomoni hozircha bu masala yuzasidan biror izoh bermagan.

O‘QING: Ayfonlar va Android-smartfonlarga eng ko‘p yuklab olingan ilovalar uchta reytingda! (2020 yil iyul)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!