TikTok uchun «jang»ga Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham qo‘shildi

  •   DiMaX
  •  819
  •  14.08.2020 14:06

TikTok uchun «jang»ga Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham qo‘shildi

TikTok ustida yuz berayotgan mojarolardan xabaringiz borDonald Tramp uni 45 kun ichida butunicha biror AQSh kompaniyasiga sotishlarini talab qilgan, aks holda bloklamoqchi. Servisni sotib olish uchun Microsoft korporatsiyasi muzokara boshlagan, lekin unga Apple ham talabgor!

O‘QING: TikTok taslim bo‘lmaydi: u Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi!

ByteDance endi Hindistonning Reliance Industries kompaniyasi bilan TikTok biznesiga sarmoya kiritish uchun muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TechCrunch nashriga asoslanib Sof.uz xabar bermoqda.

Reliance Industries Xitoydan tashqaridagi eng yirik bozorda – Hindistonda mashhur bo‘lgan video-ilovani sotib olishga tayyor. Mazkur mamlakat Xitoydan tashqaridagi eng katta TikTok bozori bo‘lib, unda 200 million foydalanuvchisi va 2000 ga yaqin ByteDance xodimlari bor. Kompaniya allaqachon xodimlarni Hindiston hukumati bilan muzokaralar olib borilayotganiga ishontirgan va xodimlarni jiddiy ravishda qisqartirish rejalari yo‘q.

Iyun oyining oxiridan boshlab TikTok Hindistonda taqiqlangan - Dehli Xitoyning chegaralari kuchayganidan so‘ng xavfsizlik va maxfiylik sababli ushbu ilovani va yana 58 ta xitoy ilovalarga taqiq qo‘ygan.

O‘QING: Ayfonlar va Android-smartfonlarga eng ko‘p yuklab olingan ilovalar uchta reytingda! (2020 yil iyul)

Nashr manbalarining aytishicha, Reliance va ByteDance muzokaralarni iyul oyining oxirida boshlangan va hanuzgacha kelishuvga erishilmagan. Yana bir manbaga ko‘ra, Hindistonda TikTok'ning qiymati 3 milliard dollardan oshadi. Video xizmat taqiqlangandan so‘ng, shunga o‘xshash kontentga ega mahalliy ilovalarga o‘n millionlab yangi foydalanuvchilar qo‘shilmoqda.

TikTok'ka sarmoya kiritish neftdan tortib telekommunikatsiyagacha bo‘lgan sohalarda faoliyat yuritadigan Hindistonning eng qimmat kompaniyasi Reliance uchun o‘z foydalanuvchilar ekotizimini kengaytirishga yordam berishi kerak. Uning telekommunikatsion platformasi Jio Platforms to‘rt yil ichida Hindistonda 400 million foydalanuvchini yig‘di.

Yana bir xabarga ko‘ra, Twitter mikrobloglar tarmog‘i ByteDance'ga TikTok bilan qo‘shilishni taklif etgan.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!