TikTok va boshqa tarmoqlarning jiddiy raqibi – Yubo ilovasi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1074
  •  19.11.2020 12:09

TikTok va boshqa tarmoqlarning jiddiy raqibi – Yubo ilovasi chiqdi!

Hozirda yetakchi ijtimoiy tarmoqlar barcha auditoriyani egallab bo‘lgandek go‘yo – Facebook, Twitter, Instagram, YouTube, TikTok kabilar millionlab foydalanuvchilarga ega. Biroq yangi chiqqan Yubo ham ularga munosib raqib bo‘la oladi, deyishmoqda tahlilchilar.

O‘QING: «Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

Fransuz startapi tomonidan ishga tushirilgan Yubo ijtimoiy tarmog‘i allaqachon 40 millionlik auditoriya to‘plab ulgurdi. Uning asoschilari tarmoqni 25 yashardan yosh bo‘lgan auditoriyaga mo‘ljallashgan; shu bilan birga, noan’anaviy yondashuv qo‘llashgan.

Eng qizig‘i – boshqa ijtimoiy tarmoqlardan farqli ravishda, Yubo’da foydalanuvchilarning xabarlariga obuna bo‘lish yoki fotosuratlarini layklash iloji yo‘q. Uning asosiy konsepsiyasi – yangi do‘stlar orttirishga hamda boshqalar bilan qiziqarli tarzda muloqot qilishga imkon berish.

Yubo’ga kirgach, foydalanuvchiga u qo‘shilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab xonalar ro‘yxati taklif etiladi. Yuzer o‘z qiziqishlari bo‘yicha biror xonaga kirib, u yerdagilar bilan muloqot qilishi, real vaqt rejimida o‘z telefonidan video uzatishi mumkin. Xonalarda qiziqarli muhit yaratish uchun ko‘plab o‘yinlar va mashg‘ulotlar mavjud, xonadoshlar bilan do‘stlashsa bo‘ladi.

Yangi ijtimoiy tarmoq ilovasini Android-smartfonlarga ushbu havola, ayfonlarga esa mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!